So’nggi yangiliklar

00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  3 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  12 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  5 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  6 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  0 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  4 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  8 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

SHamil Yarulin: "Futbol klublariga homiylik qilayotganlarga qo'shimcha imtiyozlar berilishi kerak" Yangiliklar

SHamil Yarulin: "Futbol klublariga homiylik qilayotganlarga qo'shimcha imtiyozlar berilishi kerak"

G'uzorning "SHo'rtan" klubi so'nggi yillarda og'irdamlarni boshdan kechirmoqda.

Klub yuqori ligadan quyi ligaga tushib ketdi, bir vaqtlar ishlab ketgan xorijiy murabbiylarning qarzdorliklari tufayli FIFA "SHo'rtan"ga transferlar uchun taqiq qo'ydi. Jamoa 2021 yilgi Pro-Ligani yosh futbolchilar bilan boshladi va tabiiyki natijalar havasqilarli darajada bo'lmayapti. Biz "SHo'rtan" klubi bosh direktori SHamil Yarulin bilan muammoli vaziyatlar haqida suhbatlashdik.

- SHamil Samigulovich, "SHo'rtan"da hozirgi vaziyat qanday?

- «SHo'rtan»dagi vaziyatni har hil baholasa bo'ladi. Bir tomondan qiyin tomonini ko'rsatsak ikkinchi tomondan ushbu qiyinchiliklar bartaraf etilayotgani vaziyat yaxshi ekanidan dalolat beradi. Jamoamiz birin-ketin muammolarga duch kelib ularni echimini topishga harakat qilayapti. Bu tabiiy holat. Muammolar va to'siqlarni engibgina biz qandaydir natijalarga erishishimiz mumkin. "SHo'rtan"dagi eng katta muammolar – ishchilar oldidagi qarzdorlik edi. Buning badali klubga qimmatga tushdi. Lekin bu vaziyatda ham biz o'zimiz uchun katta saboq oldik. Ko'p yillar davomida faoliyat yuritgan BO'SM tarbiyalab berolmagan “yordamchi kuchini” Akademiyamizni ishga tushirgach qisqa muddatlar ichida yani so'nggi bir yarim yil ichida o'nga yaqin futbolchini tarbiyalab ularni asosiy tarkibga ko'shib olishga erishdik. Tug'ri hali bu futbolchilarimiz bilan ko'p ishlash kerak, lekin bizda boshqa chora yo'q edi. Transferga taqiq, klubni faqat o'z kuchiga ishonish zarurligini va doimiy o'z yordamchi kuchinga ega bo'lish lozimligni o'rgatdi. To'g'ri bunday jamoani shakllanishi uchun bir necha yil vaqt kerak. Tanqidlarga ham tayyormiz. Eng jiddiy muammolardan birini bartaraf etdik. 5 iyul sanasidan transferlar oynasi ochiladi va "SHo'rtan" tarkibini 2-3 nafar malakali futbolchilar bilan kuchaytirishni ko'zlaganmiz. Biz ko'p yillardan beri bosib kelgan yo'limizni o'zgartirishga qaror qildik. Biz barchasini akademiyamizdan boshladik, hozir klublar shu tizimga o'tsa nafaqat klubda, balki futbolimizda katta o'zgarish bo'ladi.

Masalan, ayni paytda milliy terma jamoaga yangi murabbiy qidirmoqdamiz, to'g'rimi? Futbolchilarning bugungi salohiyati bilan qandaydir ijobiy natija ko'rsatish ehtimoli termamizda kam. Biz buni tushunib turibmiz. Bugungi kunda futbol maktablarimiz yo'q, tushunyapsizmi? Poydevor yo'q joyda hech bir mutahassis natija ko'rsatishi amri mahol. Malum bir darajaga chiqishimiz uchun avvalo o'z futbol maktablarimizga ega bo'lishimiz kerak. Biz ishni shundan boshladik. Masalan "Nasaf", "Mashal" kabi klublarda ish yomon ketayotgani yo'q. "Nasaf"da ishlagan inson sifatida aytishim mumkinki, bu klubning loyihasi ko'p yillik bir yoki ikki yillik emas. Eslasangiz Nuriddin Zayniev o'z ishini ajoyib tarzda bajarib ketdi. Keyinchalik Bahrom Davlatov akademiyani yo'lga qo'ya oldi. Keyin men kelgach Sputnikdagi kompleksda ishga tushirildi, stadion rekonstrukciya qilindi. So'nggi rahbari ham o'zidan yaxshi natijalarni albatta qoldirishiga ishonaman. Umuman hamma narsa bir kishiga bog'liq emas. "Nasaf"dagi tizim barcha klublarda qo'llanilsagina bizda natija bo'ladi.

Biz endigina o'zimizni o'nglab oldik deb turgan paytimizda, yana klubimizda o'zgarishlar sodir bo'ldi. Ayni damda ularning ijobiy yoki salbiy tomonini ko'rsatib, aytib berolmayman. Biroq bu o'zgarishlar klubimiz faoliyatiga o'z tasirini o'tkazmasdan qolmaydi, bu aniq. Gap, Vazirlar Mahkamasining 30 apreldagi #261-sonli qarori haqida ketmoqda. Unga ko'ra klubimiz Tasischisi sifatida – Qashqadaryo viloyati hokimligi tayinlanib, klubga homiylik qilish vazifasi “Xududgaztaminot” AJga topshirildi. Yangi tasischi yangi homiyga bir-birimizni qo'llab-quvvatlashimiz zarurligini etkazish ancha kuch va vaqt talab qiladi deb hisoblayman. Sababi, avvalgi bosh homiyimiz “O'zbekneftgaz” AJ klubimiz rivojiga ulkan hissa qo'shgan va ushbu qaror chiqqan kuniga qadar ham bizning klubimizning infratuzilmasi deyarli to'laligicha bosh homiy balansidan taminlanib, tamirlanib kelingan deya olaman.





- Nima uchun mavsum o'rtasida homiy o'zgardi?

- Mavsum o'rtasida homiyni o'zgartirish fikri kimdan chiqdi, bilmayman. Bu borada bazi mutaxassislarning O'zbek klublarining faoliyat yuritish sistemasi AFK va FIFA talablariga javob bermasligi to'g'risida fikrlariga ham ko'zimiz tushgan edi. Balki shu fikrlar mutassadilarimizni tezkor qaror chiqarishlariga sabab bo'lgandir. Ular to'g'ri yo'l tutishgan va klublarimizning faoliyatini himoya qilishga qaratilgan. Biroq bu erda ham ayrim jihatlar, hususiyatlar biroz nazardan chetda qolib ketgan. Boshqa klublar haqida gapirmayman. O'zimiz duch kelgan muammolarga qaytaman. “SHo'rtan” FK, uning stadioni, akademiyasi, mashg'ulot maydonlari, ofisi ko'p yillar davomida klubning bosh homiysi bo'lgan “SHo'rtan neft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasi (hozirgi kunda"O'zbekneftegaz"AJ)ning balansida va ushbu tashkilot tomonidan va hisobidan beg'araz yordam sifatida taminlanib, tamirlanib kelingan (jumladan, gaz, svet, ichimlik va maydonlarni sug'orish uchun suv taminoti ham). Bu kabi katta infratuzilmani, o'ziga tegishli bo'lmagan obektlarni taminlash uchun mablag' sarflaydigan tashkilot borligiga ko'zim etmaydi. Ular buni qilishga majbur ham emaslar aslida. Klubimizga “Xududgaztaminot” AJ homiylik qilgan taqdirda, klub infrastrukturasini kim taminlaydi va biz “O'zbekneftegaz”AJ o'ziga tegishli bo'lgan barcha obektlarni bizga keyin beg'araz yordam sifatida foydalanishga beradimi, bundan unga nima naf, degan jiddiy savollar vujudga kelib qoldi. Bu tabiiy hol, lekin yuqorida aytganimdek qaror qabul qilish jarayonida inobatga olinmagan va nazardan chetda qoldirilgan fakt. Bu kabi keyinchalik “SHo'rtan” faoliyatini jiddiy muammolar girdobiga etaklovchi masalalni echimini topilishida amaliy ko'mak berishlarini iltimos qilgan holda O'FA va O'zPFLga ham bir necha bor murojaat qildik. Men O'FA, PFLga rahmat aytaman, bizni muamolarimizni tinglayotganlar tushunishayotgani va bizni imkon qadar qo'llab-quvvatlab kelayotgani uchun. Biz barcha qarzlarni to'ladik. Legionerlar bilan muammolarni hal qildik. Klub toza va ravon yo'lga chiqib oldi. Lekin ayni paytda, biz yana ancha muammolar bilan yuzlashdik bu qaror sababli. Klubimiz bankrot bo'lishi mumkin. Bu alabatta klubning ichki muammolari va biz ularni ham tez orada mutassadilar bilan birgalikda ijobiy hal etamiz degan umiddaman.

- Bu jiddiy muammoning echimi bormikan?

- Izlagan imkon topadi albatta. Qaror bir tomonlama qabul qilib bo'lindi. Biz buning uchun hech kimni ayblay olmaymiz, bizning bunga haqqimiz ham yo'q. Bu bizning vakolatimizga ham kirmaydi. Bizda hozircha bu qarordan so'ng vujudga keladigan muammolarnining ro'yxatini tuzib, ularni bartaraf qilish choralari bo'yicha talablar va takliflar o'rganilishi uchun O'FA, PFL, Klub, Tasischi va Homiyni bir stol atrofiga jamlash zarur va ushbu masalalarga joyida echim topish darkor. Klublarda muammolar bir talay. Klublarda VAR tizimini shakllantirish uchun videokameralar va uskunalar harid qilinishi zarur degan talablar quyilgan. Klublardagi projektor muammosining o'zi talaygina sarf harajatlarni talab qiladi. Homiy bu talabni smetadan doimiy tarzda o'chirib keladi. Lekin PFL va O'FAdan javobgarlik va ogohlantirish xatlari kelishda davom etmoqda. Agarda ular ham biz kabi muammolar va talablar xaritasini homiy oldida ochib, biz bilan birgalikda Homiydan talab qilmasa biz o'ttirgan joyimizda o'tiraveramiz. Barcha birdek etibor qaratishi kerak klub muammolariga. Homiy hukumatimizning qaroriga ko'ra albatta klubga hamkorlik qilishi shart. Lekin, o'zingiz o'ylab ko'ring, bundan unga nima naf? U o'ziga tegishli bo'lmagan yana bir begona qo'shimcha tashkilotni mablag' bilan tamirlash buyrug'ini olgan, unga bo'ysinishga majbur. Lekin klub yoki hukumat ushbu tashkilotni qaysi tomonlama qo'llab-quvvatlashga tayyor va buni amalga oshira oladimi? Qani uyg'unlik? Qani qarshi reakciya, aloqa? Siz sizdan faqat o'zini manfatini ko'zlaydigan va sizdan doimiy ravishda foydalanadigan insonni hurmat qilmaganingiz kabi, javobiy qo'llab-quvvatlash va ko'mak bo'lmasa, o'zaro hurmat ham o'z o'rnini yo'qotadi.

Oldin "Nasaf", "Sevinch" jamoalarida homiy juda aqlli yul tutgan edi. Zavodda 10ta cex bo'lsa, klub u uchun 11-cex hisoblanardi. Sababi, 10 yil oldin sport maktablarini qurgan, sport rivojalanishiga hissa qo'shgan homiy 3-5 foiz soliqdan ozod qilinishi kerak, degan qaror bor edi. Hozirgi homiyga hech narsani qizig'i yo'q. Uning o'zida zavodni rivojlantirishga puli bo'lmasa nima qilsin. Hozirda 10 milliard beradimi, 5 milliard beradimi homiyga hech qanday imtiyoz yo'q. Javobgarlik ham yo'q. SHu sabab, biz ham homiyga palon so'm ber, deyishga haqqimiz ham yo'q. Boisi homiyning o'ziga ham qiyin bo'lmoqda. Davlat korxonalaridan milliard milliard pullarni olib imtiyoz bermaslik noto'g'ri. Biroq hukumat tomonidan Homiylarning ham say-harakatlari etiborga olinsamaqsadga muvofiq bo'lardi. Hususiy klub qilish uchun biror biznesmen ham mamlakatimizda topilishiga ishonmayman, ayniqsa yaqin yilarda. CHunki uning harajatlari ko'p. AFK va FIFAning talablari bisyor. Bunga real qarash kerak. Bundan tashqari, klublarni hususiylashtirish uchun tayyorgarlik jarayoni jiddiy bo'lishi kerak.
"SHo'rtan"dek klubni yo'qotsak kelajak avlodga hususan G'uzor hududidagi yoshlarga katta zarar etadi. Maqsadimiz Homiyni bizni qo'llab-quvvatlashga turtki va sabablar yaratishdir. Homiylik qiladiganlarga qo'shimcha imtiyozlar berish darkor deb hisoblayman. SHundagina klublardagi muammolar o'z echimini topadi.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика