So’nggi yangiliklar

08:51"Аякс" ва "Панатинаикос" пеналтилар сериясида берилган зарбалар сони бўйича еврокубоклар рекордини ўрнатди  1 08:20Тошкент дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни Ўзбекистон кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛEРEЯ  2 07:52Суперлига. Бугун мусобақа етакчилари меҳмонда ҳаракат қилишади  5 01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  7 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  3 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  2 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  8 23:57Максим Шацких: "Ҳар икки кунда футбол ўйнаяпмиз"   14 23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   2 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  2 22:51"Акрон" ғалаба қозонди, Эсанов тўлиқ ўйнади   6 22:42Суперлига. "Олимпик" - "Сўғдиёна" 0:1  0 22:25Суперлига. "Сўғдиёна" "Олимпик" устидан тарихий ғалабага эришди  15 22:12Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" қўшимча бўлимларда пенальтидан урилган гол эвазига "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  33 22:08ПРО-Лига. "Машъал" ўз майдонида "Арал"га имконият қолдирмади  1

SHamil Yafarov: “Bugungi yoshlarga havas qilaman” Yangiliklar

SHamil Yafarov: “Bugungi yoshlarga havas qilaman”

Kundan-kunga chiroy ochib borayotgan shahar va qishloqlarimiz qiyofasi ko'zlarimizni quvontiradi. Zamonaviy va jahon talablariga to'liq javob beruvchi sport majmualarini aytmaysizmi?
Qay erga bormang, albatta, bolalar bilan gavjum sport koshonalari, maydonchalariga ko'zingiz tushadi. Bularning bari mustaqillik sharofati. Aynan istiqlol tufayli yurtimizda jahon standartlariga to'liq javob beruvchi muhtasham stadionlar ham bunyod etildi va bu jarayon javom etyapti. Birgina Toshkent viloyatining o'zida qisqa fursat ichida ikkita zamonaviy stadion qurildi. Bu viloyat futbol ahli uchun haqiqiy sovg'a bo'ldi. Olmaliq va Bekobod shaharlarida qad rostlagan bu ko'rkam stadionlarda bugungi kunda “Olmaliq” hamda “Metallurg” jamoalar o'z uy o'yinlarini o'tkazib kelishyapti. Bejiz poytaxt viloyatidagi stadionlar haqida so'z ochmadik. Toshkent viloyati futbol federaciyasi vice-prezidenti, futbol jonkuyari SHamil Yafarov bilan uyushtirgan suhbatimiz aynan shu mavzuda bo'ldi.

- Toshkent viloyatida jahon talablariga javob beruvchi stadionlarimiz yo'q edi, - deya so'z boshladi SHamil aka Yafarov. - Mustaqillikka erishganimizdan so'ng, shuningdek, davlatimiz rahbarining bir nechta qaror va farmonlaridan keyin mamlakatimizda futbolga juda katta etibor qaratila boshlandi. Dastlab Bekobod shahrida 15 ming muxlisga mo'ljallangan stadion barpo etildi. Bu yil esa Olmaliqda 12 ming tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oluvchi stadion ochildi.



Olmaliqda faqat stadion emas, butun bir sport shaharchasi bunyod etildi, desam to'g'ri bo'ladi. U erda basketbol, voleybol, qo'l to'pi, tennis kabi bir nechta sport turlari bo'yicha bemalol respublika miqyosidagi musobaqalarni o'tkazish imkoniyati bor. Aynan men sanab o'tgan sport turlarida Toshkent viloyati jamoalari oliy liga bahslarida ishtirok etib kelishyapti. Demak, bu jamoalarimiz uchun ham majmua tom manoda sovg'a bo'ldi. Endi Toshkent viloyati futboli haqida gap ketganda, uning boy tarixini yodga olmay iloj yo'q. “Paxtakor-79” jamoasi tarkibida yorqin iz qoldirgan do'stlarim - Vladimir Fyodorov, Mixail An, Olim Ashirov Toshkent viloyati futboli tarbiyalanuvchilari xisoblanadi. Birgina Server Jeparovni olsak, CHirchiq shahrida tug'ilib, millionlar o'yinining ilk sir-asrorlarini shu erda o'rgangan futbolimiz faxri ikki bor Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu bizga cheksiz g'urur bag'ishlaydi. Bundan tashqari, Aleksandr Geynrix va Ilyos Zeytullaev Angren shahrida futbol o'ynashni boshlashgan. Oqqo'rg'on tumanidan Islom Inomov, Baxtiyor Qambaraliev, Bo'kadan rahmatli Aleksandr SHadrin ham viloyatimiz futboli faxri sanaladi.

Osiyo o'yinlariga terma jamoa tarkibida yo'l olgan Fozil Musaev ham poytaxt viloyati futboli tarbiyalanuvchidir. O'FF Faxriylar kengashiga raislik qilayotgan Narimon Jalolov ko'p yillar davomida Toshkent viloyati sport qo'mitasiga rahbarlik qilganlar. Ustozimiz ana shu yillar mobaynida poytaxt viloyati sporti, xususan futbolining rivojiga juda katta xissa qo'shganlar. Faxrlanadigan holat shunadki, viloyatimiz klublari tajribali murabbiylarga ega. “Olmaliq” jamoasida bosh murabbiy Igor SHkvirin istedodli mutaxassislar Gennadiy Denisov va Oybek Usmonxo'jaev bilan birga ishlab kelyapti. “Metallurg”da Fevzi Davletov va Abduqahhor Marufaliev katta tajriba to'playapti. Ikkala jamoamiz ham oliy ligada bir tekis o'yin namoyish etib kelmoqda. Eng muhimi, “Olmaliq” ham, “Metallurg” ham terma jamoalarimizga futbolchilar etkazib bera boshladi.

“Metallurg”dan SHahzod Nurmatov Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi Boku shahrida bo'lib o'tgan uchrashuvda milliy terma jamoamiz tarkibida maydonga tushdi. Mana kuni kecha Osiyo o'yinlarida qatnashadigan terma jamoamiz safida Koreyaga jo'nab ketdi. Olmaliq jamoasidan ham turli terma jamoalarimizga futbolchilar chaqirilyapti. Bundan albatta xursand bo'lamiz. Yana bir quvonarli holat shundaki, O'zbekiston milliy terma jamoasining Ummonga qarshi o'rtoqlik o'yini Olmaliq shahrida bo'lib o'tdi. Bu viloyatimiz futbol ishqibozlari uchun haqiqiy sovg'a bo'ldi.

- Toshkent viloyatida istedodli yoshlarni o'z vaqtida aniqlab, etakchi klublarga tavsiya qiladigan selekcioner murabbiylar etarlimi?
- O'FF tashabbusi bilan barcha viloyatlarda selekciya xizmati yo'lga qo'yilgan. Xususan, bizda ham istedodlarni aniqlab kelayotgan murabbiylar ishlashyapti. Mintaqalar bo'yicha maxsus turnirlar tashkil qilinib, har bir viloyatdan kelgan yosh futbolchilar orasidan eng saralari tanlab olinyapti. Qolaversa, o'tkazib kelinayotgan uch bosqichli uzluksiz sport musobaqalari - “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” hamda “Universiada” ham istedodli futbolchilarning yuzaga chiqishiga zamin yaratmoqda. Hozirgi yoshlarga havas qilaman.

Biz to'p tepa boshlagan davrda futbol bilan shug'ullanish uchun sharoitlar hozirgidek emas edi. Faxriy futbolchilarimiz bu haqda ko'p gapirishgan. Butsa va to'plar og'ir bo'lgan. Maydonlarning sifatida ham unchalik yaxshi emas edi. Yoshlarimiz bugungi kunda yaratilgan sharoitlarning qadriga etishlari kerak. Tabiiy chimli va suniy qoplamali maydonlar kechayu kunduz yoshlarning ixtiyorida. O'z o'rnida biz ham joylarda ommaviy futbolni rivojlantirishga etibor qaratyapmiz. Ochig'i, poytaxtda yo'q maydonlar Toshkent viloyatida bor. Bundan faxrlanamiz.   



- SHamil aka, biz siz bilan suhbat qurib o'tirgan “Paxtakor” stadioni boy tarixga ega. Bu stadionda kimlar o'ynamadi, qanday klublar mehmon bo'lmadi, deysiz. SHaxsan sizga ham bu baxt nasib qilgan. Bo'lib ham, “Paxtakor”ning oltin avlodi bilan birga to'p tepgansiz...
- Haqiqatan ham men baxtli insonman. 1973 yili “Paxtakor” jamoasiga taklif qilishgan. O'sha paytda shonli jamoamizga Vyacheslav Solovev murabbiylik qilardi. Vyacheslav Dmitrievich o'zbek futboli rivojiga juda katta xissa qo'shgan insonlardan biri xisoblanadi. U jamoaga asosan mahalliy o'yinchilarni taklif qilgan. Toshkent, Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlaridan istedodli yoshlarni “Paxtakor”ga olib kelgan. 1979 yili aviahalokatga uchragan marhum futbolchilar bilan olti yil birga bo'lish baxti nasib etgan. Bundan har doim faxrlanib kelganman. Oilaviy bordi keldilarimiz bo'lgan.

Bazada birga yashardik. Birga mashg'ulot o'tkazardik. “Paxtakor”ga kelgan ilk paytlarimda menga tajribali futbolchilar Birodar Abduraimov, Vladimir SHtern va To'lagan Isoqov juda katta yordam bergan. Oddiy qishloqdagi maktabdan kelgan yosh bolaga bu darajada etibor qaratishadi, deb sira o'ylamagandim. Kattalar qo'llab-quvvatlamasa, hech qanday natijaga erishib bo'lmaydi. Ikki-uch yil oldin “Paxtakor” jamoasining yana bir oltin avlod vakillaridan biri Vasilis Xadzipanagis Toshkentga mehmonga keldi. U bilan “O'zbekiston” mehmonxonasida uchrashdik. O'sha paytda “Nasaf” jamoasi ham shu mehmonxonaga joylashgan ekan. Vasilis futbolchilarni ko'rib, bu qaysi jamoa o'yinchilari, deb so'radi. Men Qashqadaryoda futbol jadal suratlarda rivojlanyapti, bu esa vohaning birinchi jamoasi “Nasaf”, unga Anatoliy Demyanenko murabbiylik qilyapti, deb javob berdim. SHunda Xadzipanagis o'sha erning o'zida Demyanenko bilan uchrashdi. O'zbek futbolining bugungi kuni, o'tmishi haqida ancha payt gaplashishdi. Toshkentda dunyoga kelgan Xadzipanagis haqiqiy istedod edi.

- Murabbiylaringiz haqida gapirganingizda marhum ustozingiz Idgay Tazetdinovni ko'p bor eslaysiz. Buning o'ziga yarasha sabablari bormi?
- Idgay Borisovichni birinchi murabbiyim deb bilaman. “Paxtakor”dan oldin Toshkent viloyatining “Politotdel” klubida ham ishlagan. Tazetdinovning dunyo qarashi, madaniyati, pedogogik uslublarini hurmat qilardim. Bir kun mashg'ulot o'tkazmasang, butsangni o'sha kuniyoq mixga ilib qo'yaver, derdi. Qattiqqo'l murabbiy edi, deb ayta olmayman. Futbolchilarning oilaviy holati bilan ham qiziqardi. Uyida muammosi bor futbolchi hech qachon yaxshi o'yin namoyish eta olmasligini bilgani uchun ham hamisha bu narsadan etibordan chetda qoldirmagan.

- Siznigcha, o'zbek futbolining XX asrdagi eng yaxshi uch nafar futbolchisi kim?
- Bunday futbolchilar ko'p bo'lgan. Gennadiy Krasnickiy, Birodar Abduraimov, keyingi avlod vakillari sifatida To'lagan Isoqov, Vladimir Fyodorov, Mixail An, keyinroq Mirjalol Qosimov, Igor SHkvirin, bugungi kunda Odil Ahmedov, Server Jeparov... har bir davrning o'z yulduzlari bor. Krasnickiyning kuchli zarbasi haqida uzoq gapirish, misollar keltirish mumkin. Pokatilov mashg'ulotdan so'ng qo'llarim zirqirab og'riyapti, Krasnickiyning kuchli zarbalaridan so'ng qo'llarim shishib ketdi, deb nolir ekan. Birodar Abduraimov o'ziga yarasha kuchli texnikaga ega bo'lgan. Ikkala futbolchini ham Moskva klublari o'z safiga chorlagan. Gennadiy Aleksandrovich ajoyib takliflar bo'lishiga qaramay, “Paxtakor”dan ketmagan. Erkin aka Abduraimov malum vaqt CSKA klubida o'ynagan. Grigoriy Fedotov klubiga azo bo'lgan. Hammaga ham bunday baxt nasib etavermasdi.

Fedotov klubiga azo bo'lish, bu juda katta obro' edi. Oliy liga bahslarida 100 ta gol urish oson emasdi. O'sha paytda 18-20 nafar futbolchigina bu klubning azosi bo'lgan. Birodar akaning aytishicha, u urgan gollarini sanamagan. Esenin degan statist Abduraimovning gollari soni 80dan oshdi, deb maqola yozganidan keyingina, bu haqda o'ylay boshlagan ekan. Keyin “Paxtakor” klubi tarixida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi ham aynan Abduraimov bo'lgan. Bu narsa ham menga katta faxr tuyg'usini bag'ishlaydi. O'zi aslida klub tarixiga etibor qaratadigan bo'lsak, “Paxtakor” o'z hujumchilari bilan mashxur bo'lgan. Har bir davrning o'ziga yarasha kuchli hujumchilari bo'lib, raqib jamoalarni doimo qo'rquvda ushlab turgan. Bu anana mana bir necha yildirki, uzilib qoldi. “Paxtakor” xatto o'z maydonida bitta hujumchi bilan o'ynagan paytlar bo'lyapti.



Hujumchilar oldinga o'tishga qo'rqishadi. Ko'p ko'raman, faqat orqaga to'pni qaytarishadi. O'zlari 2-3 himoyachining orasidan fint, dribling ishlatib o'tib ketishga yuraklari dov bermaydi. Futbolimizda aksariyat hollarda qanotlardan uyushtirilayotgan besamar hujumlarga guvoh bo'lyapmiz. Yaxshi hujumchilar deyarli yo'q. To'purarlar ro'yxatiga etibor qaratsangiz ham bunga guvoh bo'lasiz. Bunga kim aybdor? Albatta, murabbiylar, ayniqsa bolalar bilan ishlaydigan mutaxassislar bu narsani o'z zimmalariga olishlari kerak. Istedodlar juda ko'p, faqat ularni o'z vaqtida aniqlab, yuzaga chiqarish lozim.  Yuqorida aytganimdek, Krasnickiy va Abduraimov bugungi kun hujumchilariga har tomonlama o'rnak bo'la oladi. Raqib himoyachilar bu ikki hujumchimizdan rostakamiga qo'rqishgan.

Gennadiy Krasnickiy jarima to'pi tepayotganda, jonli devorda turgan futbolchilar “Gena farzandlarimiz bor, bizni o'ylamasang ham, ularni o'ylagin”, deb aytishar ekan. Krasnickiy dastlab “Pishevik” klubida to'p tepgan. Buloq topilgani uchun “Pishevik” stadionini buzib tashlashadi. SHundan so'ng Gennadiy Aleksandrovich “Paxtakor” futbol maktabiga borgan. U erda tajribali murabbiy Sergey Arutyunovdan futbol sir-asrorlarini o'rganishni davom ettirgan. Yarim yildan so'ng uni “Paxtakor”ning asosiy tarkibiga jalb etishgan. 17 yoshida O'zbekiston terma jamoasi tarkibida o'ynay boshlagan. Mixail An haqida gapirsam, u maydonda dispetcherlik vazifasini bajarardi. Agar Misha maydonga tushmasa, o'yin sxemasi umuman o'zgarib ketardi. CHunki, jamoa o'yini An orqali tuzilardi.  

- Xalq orasida Krasnickiyning zarbasi kuchli bo'lganidan oyog'iga bog'ich bog'lab tushardi, degan gap yuradi. SHu to'g'rimi?
- Uning zarbasi juda kuchli bo'lganligi ayni haqiqat. Lekin oyog'iga bog'ich bog'lab tushmagan. U betakror istedod sohibi bo'lgan. Bejizga uni O'zbekistonning XX asrdagi eng yaxshi futbolchisi deb topishmagan. Krasnickiyni o'z safida ko'rishni istagan jamoalarning ohiri yo'q edi. O'sha paytning eng kuchli klublari uni katta pul, mashina, uy-joy, dala hovli evaziga o'z saflariga chorlashardi. Lekin u haqiqiy vatanparvar edi. Uni boylik umuman qiziqtirmagan. “Paxtakor”ni juda yaxshi ko'rardi. O'zi bizning va bizdan keyinggi avlod futbolchilariga bu hislat xos bo'lgan.

- Futbolchilarning yoshini suniy ravishda kichraytirishlar o'sha paytda ham bo'lganmi?
- SHaxsan men bunday holatga guvoh bo'lmaganman. Balki bo'lgandir. Bu narsaga jiddiy qaralardi. Bugungi kunda ko'p eshitib qolyapmiz, davlat tomonidan beriladigan tug'ilganlik haqidagi hujjatni qo'rqmasdan qalbakilashtirishyapti. SHuning uchun ham aksariyat futbolchilar 30 yoshga to'lmay, faoliyatlarini yakunlashyapti. Yoshni kichraytirgan bilan insonning organizmi yosharib qolmaydi. Barcha sharoitlar muhayyo etilgan davrda yashayotgan yoshlarga talabni kuchaytirish kerak. Hukumatimiz tomonidan bolalar futboliga juda katta etibor berilyapti. Bu qo'lga kiritilayotgan yutuqlar zamirida aynan davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat va g'amho'rlik yotibdi.

Etibor bersangiz, dunyoning hech qaysi bir davlatida O'zbekistonda bo'lgani kabi sportga, xususan futbolga etibor qaratilmayapti. Federaciyamiz rahbari Mirabror Usmonovga ham katta rahmat. Barcha yosh toifasidagi terma jamoalar uchun kerakli sharoitlarni yaratib beryapti. Evropaning ko'zga ko'ringan davlatlarida turnir va yig'inlar tashkil qilinmoqda. Avval biz o'ynagan paytlardabunday imkoniyatlar bo'lmagan. Bugungi kun yoshlari o'zlari uchun yaratilayotgan sharoit va taqdim etilayotgan imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishlari shart. Bu borada zamonamiz yoshlariga havas qilaman.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика