“Shalke” Bundesligada 21 uchrashuvdan buyon g'alaba qozona olmayapti

25 okt 2020, 09:11
“Shalke” g'alabasiz seriyasini davom ettirmoqda.

Shanba kuni gelzenkirxenliklar Bundesliga 5-turi doirasida “Borussiya”ga (0:3) imkoniyatni boy berishdi.

“Shalke”ning g'alabasiga seriyasi o'tgan mavsum bilan qo'shib hisoblaganda 21 uchrashuvga etdi. Ular so'nggi marta Bundesligada 17 yanvar kuni “Borussiya”ni (2:0) mag'lub etishgandi. Shundan keyin “Shalke” 14 ta uchrashuvda mag'lub bo'ldi, 7 ta bellashuvda durangga erishdi. 

Ayni paytda “Shalke” bir ochko bilan (to'plar nisbati 2-19) Bundesliga turnir jadvalining so'nggi pog'onalaridan birini egallab turibdi. Ulardan keyingi pog'onada “Maync” bormoqda (5 o'yin, 0 ochko).

Kuzda “Shalke” rahbariyati jamoa Devid Vagnerni iste'foga chiqarib, uning o'rniga Manuel Baumni bosh murabbiy etib tayinlagandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru