SHahzodbek Nurmatov: "Nasaf"ni yutishimizga ishonch bor edi"
16 may 2015 07:30
Yangiliklar
SHahzodbek Nurmatov: "Nasaf"ni yutishimizga ishonch bor edi"
"O'yindan juda xursandmiz. Muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik. Omad bugun biz tomonda bo'ldi. Avvalgi o'yinlarda ham yomon harakat qilmagandik. Biroq omad bizdan yuz ugirayotgan edi. Hamma omadni Qarshiga yig'ib qo'ygan ekanmiz. Barcha yigitlar "Nasaf" bilan bo'lgan bahsda juda yaxshi o'ynashdi. Penalti bormidi? Men jarima maydonchasi ichida yiqilganimda raqib bilan to'qnashuv bo'lgandi. Futbolchi oyog'imga tepgandi. Buni hakamlar ham ko'rishdi. Lekin menga o'yinni davom ettirsang bo'lardi deyishdi. Bu hech ham simulyaciya emasdi. Simulyaciyaga toqatim yo'q. Agarda to'qnashuv bo'lmasa yiqilish odatim yo'q. Takliflar? Hozircha jim-jit. Har qanday takliflarni birinchi davradan so'ng ko'rib chiqishim mumkin. Davralar oralig'ida yangiliklar bo'lib qolishi mumkin", - deydi "Metallurg" hujumchisi SHahzodbek Nurmatov.
SHahboz Beg'amov yozib oldi.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar