SHahzod Nurmatov "Nasaf"da paydo bo'lishi mumkin
16 iyu 2015 01:05
Yangiliklar


SHahzod Nurmatov "Nasaf"da paydo bo'lishi mumkin
"Metallurg" hujumchisi SHahzodbek Nurmatovga Qarshining "Nasaf" jamoasi qiziqmoqda.
"Nasaf" jamoasi o'z hujum chizig'ini bekobodlik futbolchi SHahzod Nurmatov bilan kuchaytirib olishi mumkin.
Birinchi davrada "Nasaf"ning hujum chizig'ida muammolar yuzaga kelgandi. Aftidan hujum chizig'idagi kamchiliklar SHahzod Nurmatov orqali berkitiladigan ko'rinadi.
Eslatib o'tamiz, SHahzodbek Nurmatov bergan intervyularida bir necha bor "Nasaf"dan jiddiy taklif tushadigan bo'lsa, unda "ajdarlar" safiga o'tishga tayyor ekanligini bildirgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar