So’nggi yangiliklar

16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  0 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  2 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  4 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10

SHahriddin Ishnazarov: Navoiylik muxlislar Qizilqumga ishonadi Yangiliklar

SHahriddin Ishnazarov: Navoiylik muxlislar Qizilqumga ishonadi

Oliy liga ettinchi tur markaziy uchrashuvlaridan biri Qizilqum - Buxoro uchrashuvidan keyin mezbonlar Muxlislar klubi etakchisi SHahriddin Ishnazarov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bu uchrashuvda har bir ochko ikki jamoa uchun ham juda qadrli edi, - deydi SHahriddin Ishnazarov. - SHu bois, ko'plab buxorolik ishqibozlar ham o'yinni stadionning o'zidan turib kuzatishdi. Aslida uchrashuv durang natija bilan tugaganida hisob adolatli bo'lardi. Afsuski, sevimli jamoamiz yarim himoyachisi SHerali Jo'raev biroz hissiyotga berilib, qizil kartochka oldi va maydonni tark etdi. SHu vaziyatdan 5-10 daqiqa avval aynan SHerali mehmonlar himoyachisi Sardor Rahmonov bilan to'qnashib, boshi yorilgandi. Buni to'g'ri tushunamiz. Jarohat ham futbolning bir bo'lagi. Ammo har qanday vaziyatda futbolchi kim bo'lishidan qatiy nazar o'zini qo'lga olishi tarafdorimiz.

Qizilqum ushbu o'yingacha mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgandi. SHu bois bo'lsa kerak, oxirgi natija ayrim ishqibozlarga yoqmasligi mumkin. Ammo biz Qizilqum jamoasiga ishonamiz. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar sevimli futbolchilarimizning keyingi uchrashuvlaridagi g'alabalariga ishonamiz va ularni doimo qo'llab-quvvatlaymiz! Navbatdagi o'yinda Qizilqum Qarshiga safar qiladi. Ko'psonli Muxlislar klubimiz azolari ushbu o'yinda ham o'z suyuklilariga dalda bo'lishga hozirdanoq tayyor! Olg'a, Qizilqum! Doimo g'alaba yor bo'lsin!", - deydi Ishnazarov.

Qizilqum PFK Matbuot xizmati.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика