So’nggi yangiliklar

08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  2 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  0 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  3 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  4 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1

SHahboz Jumaboev: “Birinchi ligani to'liq yoritib borishi uchun ham “SA”ga ko'p kiraman” Yangiliklar

SHahboz Jumaboev: “Birinchi ligani to'liq yoritib borishi uchun ham “SA”ga ko'p kiraman”

Ortda qolgan mavsumda “SA” talqini bo'yicha birinchi liganing “Eng yaxshi yarim himoyachisi” SHahboz Jumaboev bo'ldi.
“UzDongJu” tarkibida etakchilikni o'z qo'liga olgan 22 yoshli futbolchi jamoadoshlarini qulay pas bilan taminlash birga, o'z nomiga ham jami 21ta gol yozdirib qo'ydi.

Andijonlik futbolchi “Eng yaxshi yarim himoyachi” nominaciyasida g'olib chiqqani va ortda qolgan mavsum haqida saytimizga blic-intervyu berdi.  

- SHahboz, “SA”ni talqiniga ko'ra “Mavsumning eng yaxshi yarim himoyachisi” bo'ldingiz. Bu haqda nima deysiz?
- To'g'risi ilgari birinchi liga toifasida bunday nominaciyalar bo'lmagani uchun ham “Eng yaxshi yarim himoyachi” bo'lishimni kutmagandim. Albatta, bunday etibordan xursand bo'ldim.  

- Bu borada o'zingiz qaysi o'yinchiga ovoz bergan bo'lardingiz?
- Mavsum davomida “Obod” jamoasining sardori Doniyor Hasanov boshqalardan ajralib turdi deyish mumkin.  

- Ortda qolgan chempionat haqida nima deysiz?
- Bu yil o'yinlar qiziqarli kechdi. Har bir uchrashuvda munosib o'yin ko'rsatib, stadionga kelgan muxlislarni xursand qilishga urindik. SHaxsan o'zim miriqib futbol o'ynadim. 

- “UzDongJu” uchun qaysi o'yinlar nisbatan qiyin kechdi?
- “SHo'rtan” bilan “Obod”ga qarshi o'tkazgan uchrashuvlarimizda biroz qiynaldik.

- “championat.asia” saytini kuzatib borasizmi? Agar shunday bo'lsa, sayt sizga nimasi bilan yoqadi?
- Albatta, har kuni “SA”ga kiraman. O'zim birinchi liga jamoasida o'ynayotganim uchun menga ko'proq ushbu saytning aynan o'zimiz ishtirok etayotgan ligani keng tarzda yoritib borilishi manzur bo'ladi. Turning boshqa o'yinlarida qanday natija bo'lganligini tezkorlik bilan bilib borish mumkin bo'ldi. Qolaversa o'zim yoqtirgan xorij jamoalari va futbolchilar haqida xohlagan narsamni bilib borish imkoniyati mavjud. Fursatdan foydalanib, shu o'rinda sayt ijodkorlariga mustahkam sog'liq va ishda omad yor bo'lishini tilab qolaman.

Islombek Rustambekov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика