So’nggi yangiliklar

18:28"Қора" ишчилар мукофотланмайдими?  0 18:03Мундиал йўлланмасини тақдим этган БАА — Ўзбекистон ўйинидан мухлислар ФОТОГАЛЕРЕЯси  1 17:38Бернарду Силва "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 16:59Германия — Франция. Миллатлар лигаси учинчи ўрин учун бўладиган баҳснинг таркиблари маълум  2 16:25Тер Штеген "Барселона" матбуот босими орқали уни кетишга мажбур қилмоқчи деб ҳисобламоқда, аммо...  3 15:55"Ливерпуль" ва "Милан" собиқ футболчиси Сегунда клубига ўтди  1 15:28ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди?  9 15:10Индонезия терма жамоаси футболчиларига Хитой устидан қозонилган ғалаба учун Rolex соатлари совға қилинди  11 14:22"Ливерпуль" 120 млн евролик иккинчи трансферини тайёрламоқда  5 13:56Майк Меньян АПЛ гранди сафига ўтишга яқин  2 13:25Ўзбекистон ЖЧда! Қувончли лаҳзалардан ФОТОГАЛЕРЕЯ  14 13:02Жоау Феликс собиқ клубига қайтмоқчи  1 12:30Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради  20 12:02ПСЖ "Бавария"дан 50 млн еврога ўйинчи харид қилиши мумкин  1 11:25Роналдуга КЖЧ иштирокчиси сафига ўтиш таклиф қилинди  19

SHahboz Erkinov: “CHempionat yakunida muxlislarimizni xursand qilishimiz kerak” Yangiliklar

SHahboz Erkinov: “CHempionat yakunida muxlislarimizni xursand qilishimiz kerak”

Qarshida bo'lib o'tgan “Nasaf” – “Navbahor” o'yinida qarshiliklar hujumchisi SHahboz Erkinov birinchi bo'lim so'nggida namanganliklar darvozasini aniq nishonga olib, mezbonlarning yirik g'alabasiga munosib ulush qo'shdi.
Erkinov o'z fikrlarini bildirib o'tdi: - Bir tur oldin yutqizishimiz kerak bo'lmagan o'yinda imkoniyatni boy bergandik. SHu sababli bu safar faqat g'alaba qozonishni maqsad qilgandik. Uchrashuv davomida raqibdan har tomonlama kuchli ekanligimizni amalda namoyish eta oldik. CHempionatning qolgan turlarida ham chiroyli o'yinlar namoyish etib muxlislarimizni hursand qilishimiz lozim. “Navbahor” jamoasi men uchun begona klub emas. SHu sababli, klubning ayni paytdagi holatiga befarq emasman.

Davralar oralig'ida “Navbahor”ni bir qator futbolchilar tark etishdi. SHu sababli, jamoa asosan mahalliy futbolchilariga tayanib to'p surmoqda. Jamoada ayni paytda qanday muhit xukmron ekanligidan xabarim yo'q. Ikki yil davomida “Navbahor”da to'p surdim. Biz o'ynagan paytda yomon jamoa shakllanmagandi. Futbolchilar maydonda bir-birlarini yaxshi tushungan holda harakat qilishayotgandi.

Nazarimda Baxtiyor Ashurmatovni bekorga istefoga chiqarishdi. Aynan Ashurmatov ketgach, tarkibda jamlangan futbolchilar ham jamoani tark etishga qaror qilishgandi. Bu mening shaxsiy fikrim, shu sababli boshqalar bu fikrga qo'shilmasligi ham mumkin.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика