So’nggi yangiliklar

12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  15 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  22 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8

SHahboz Beg'amov maqolasi: "Milan" Leo bilan, Bonuchchi qop-qop pullar bilan boyidi. "Yuve" esa... Yangiliklar

SHahboz Beg'amov maqolasi: "Milan" Leo bilan, Bonuchchi qop-qop pullar bilan boyidi. "Yuve" esa...

Leonardo Bonuchchining "Milan"ga o'tishi butun futbol jamoatchiligini, ayniqsa Italiya matbuotini hayratga soldi.


Har yili yozda "Yuventus"ni qaysidir muhim va etakchi futbolchi tark etishi esa odat tusiga aylanmoqda.

To'g'ri, hali Leonardo Bonussi rasman "Milan"ga o'tgani haqida elon (maqola yozilayotganida rasman elon qilinmagandi) qilinmadi. Ammo hozirda futbolchi Milanda va tez orada o'zining yangi jamoasi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

O'tgan yili Evropa chempionatidan keyin Bonuchchining "skuadra adzurra" tarkibidagi ajoyib o'yini yuksak etiroflarga sabab bo'lib, unga bir qator grand jamoalar qiziqish bildirishgandi. Konte Leoni "CHelsi"ga chorlar, Pep "Siti"da Bonuchchini ko'rgisi kelardi.
Bu yili yozda ham bu kabi qiziqishlar kuchaydi. Leoni yana bir Leosi bor "Barselona" ham o'z safiga ko'rishni istadi. Yo'q, Bonuchchi La Ligani ham, APLni ham tanlamadi. SHunda "Yuventus" muxlislari Bonuchchining jamoaga sodiqligiga, sadoqatiga yana bir karra ishonishayotgandi.
Bonuchchi o'z intervyularida "Yuve"ning libosi uning tanasiga moslab tikilgani haqida aytib, men oq-qora yo'l-yo'l libosdan nafas olaman, deganini bugun millionlab tifozilar eslashmoqda.
Bu haqida hazillar (troll) qilib, Leoni oq-qora ranglarni qizil-qoraga adashtirib qo'ygani haqida latifalar ham chiqib ketdi.
Hammasi juda tez sodir bo'ldi. Bonuchchi barchani shok holatiga keltirib, APL yoki La Ligaga emas, cho'kib ketayotgan "Milan"ni tanlagani barchani birdek ajablantirmoqda.


Nega "Milan"ni tanladi?
"Yuventus"da qatorasiga olti marta skudetto oldi. Ketma-ket uch yil oltin dubl qayd etildi. Garchi ECHLni qo'lga kiritmagan bo'lsada, ikki marotaba finalda o'ynadi. Evropa chempionlar ligasi ustuvor bo'lganida, Leo Evropa ligasida qatnashadigan "Milan"ni emas, kamida "CHelsi" yoki "Siti"ni tanlashi kerak edi. Ustiga-ustak "Barselona"dan taklif bo'lgandi.
Demak Leoni qarori xalqaro maydondagi sovringa bog'liq bo'lmadi.
Italiyada skudettoni yutib charchagan Bonuchchini "Milan"ni nimasi o'ziga rom etdi?
Balki Leo yoshligidan "Milan"ning ashaddiy ishqibozi bo'lgan dersiz. Ishonish qiyin. CHunki Leo har intervyusida qalban "yuventini" ekanligini takrorlashdan charchamagan.

Bonuchchining "Milan"ga o'tishi borasidagi haqiqatni faqatgina futbolchining o'zi biladi.
Lekin bu transferni amalga oshishiga eng asosiy sabab - bu pullar emas, katta pullar ekanligi kundek ravshan.
Aytishadiku, pul bilan bitmaydigan muammoni katta pul bilan bitkazsa bo'ladi, deb.
Leoni oladigan maoshi u qadar katta emas, bor-yo'g'i 6 million evroni tashkil etishi takidlanmoqda. Angliya jamoalari bu maoshdan ham ko'proq pul vada qilishgandi. Demak gap aynan maoshga bog'liq emas. SHunchaki Leonardo Bonuchchining "Milan" bilan shartnoma tuzishi uchun himoyachiga bonus sifatida, yanada o'zbekcharoq aytadigan bo'lsak, ko'tarma pulining juda katta miqdori asosiy sabab bo'layotgani aniq.

Aks holda Leo hech kim kutmagan paytda "Yuventus"dan inqiroz ko'chasidan chiqishga harakat qilayotgan "Milan"ga o'tishni o'ylamasdi. Bu avvaldan pishitib qo'yilgan "osh".

Afsonaviy Aleks del Pero ham bekorga bu transferga o'z munosabatini bildirmadi. Juda kam gapiradigan va gapirayotganda ham bilib so'zlaydigan Pero buni avvaliga hazilga o'xshatdi. Aleks haq, hech kim o'ylamagan transfer ruy berdi.
Kellining opasi esa bekorga g'alabaning kaliti pul, deya izoh qoldirmadi.
Kellinining opasi: "Leo doim "Yuventus" sardori bo'lishni istayotgani haqida gapirardi. Endi esa "Milan"da bemalol sardor bo'la oladi".

Uning bu o'tishi qanchalik shov-shuvli va kutilmagan bo'lsada, Italiya A Seriyasi uchun juda foydali bo'lish ehtimoli ham bor.
Birinchi navbatda bu transferdan "Milan" yutdi.
Transferlarga katta urg'u qaratayotgan va ko'pchilikni o'z safiga qo'shib olayotgan "Milan" uchun Leoni kelishi foydadan holi bo'lmasligi aniq.
"Milan"ning kuchayishi esa Italiya chempionatining xizmatiga ishlaydi. Bu taraflama Leoni "Milan"ga o'tayotgani quvonarli.
O'z vaqtida "Milan" afsonasi sifatida gavdalangan Pirlo ham "Yuventus"ni tanlagan va yangi qurilayotgan "Yuve"da muhim rolni bajargandi.
"Yuve"ning gegemonligi aynan Pirloning kelishidan keyin boshlangan.
Endi "Yuventus" Bonuchchi orqali "Milan"ga "qarz"ini uzayotgan bo'lsa ajab emas.
Faqat bu ikki transferlar o'rtasida farq bor. "Milan" o'z vaqtida Pirloni erta hisobdan chiqarib, unga chiqish eshiklarini ko'rsatgandi. Bonuchchi esa "Yuventus"dan o'z xohishi bilan raqobatchi hamda principial raqibga yo'l olmoqda.


O'tgan mavsumnin so'nggi qismida Bonuchchi va Allegri o'rtasidagi kelishmovchiliklar, "Portu" bilan o'yin oldidan Leoni jarimaga tortilgani. ECHL finali tanaffus vaqtida Dibala bilan aytishib qolgani va xattoki tortishuv mushtlashuvgacha borgani ham Bonuchchining ketishiga zamin yaratgan bo'lishi mumkin. Yoki aksincha, Leo o'shanda ketishga taraddud ko'rish maqsadida tortishuvlarga sababchi bo'lgandir. Bunisini esa faqatgina Bonuchchining o'zi biladi. Dani Alvesh ham jamoadagi ichki muhit sababli ketganini malum qilgandi. "Yuventus"da tartib intizom va ichki muhit har doim barchasidan ustun turgan. Dani Alveshga raqsga tushishiga ruxsat berilmagani va Bonuchchi aynan kiyinish xonasidagi mojarolari sababli klubdagilarni uni sotib yuborishga "majbur" qilgan bo'lishi mumkin.

Ayni paytda esa "Yuventus"ning ko'plab ishqibozlari 2012 yili "Milan" va o'tgan yili "Napoli" tifozilar tushgan holatni his etishmoqda.

En qizig'i, "Yuventus"ni har mavsum yakunida bir qator etakchilar va yulduzlar tark etishi yangilik bo'lmay qoldi.

Avvaliga Konte, Vidal, Tevez, keyinchalik Pogba va endi Leonardo Bonuchchi.
O'tgan yili Pogba "Yuventus"dan ketadi, degan xabarlar chiqqanida ham ko'pchilik buni shunchaki mish-mish sifatida qabul qilgandi. Bu yili esa Leo ketmoqda.

Yanada qiziq jihati, bugun 15 iyul, aniqrog'i, "Yuventus"ning yangi mavsum uchun chiqargan mavsumiy abonementlari sotuvi tugatiladigan kun. Endi muxlislar o'z norozichiliklari bilan mavsumiy abonementlarni qaytarib bera olishmaydi.
Konte, Tevez, Vidal, Pogba va Bonuchchining ketishi esa aynan mavsumiy abonementlar sotuvi tugatiladigan kundan keyin rasman elon qilinmoqda.
Bu shunchaki tasodifmi? Yo'q, bunday deb bo'lmaydi.

Haqiqat shuki, Bonuchchining ketishi bilan "Yuventus"ning himoya chizig'i kuchsizlanib qolmaydi. "Yuve"da himoyachilar tanqisligi yo'q.. Keyingi yili yanvarda "Yuventus" uzoqni ko'zlab sotib olib qo'ygan markaziy himoyachisi - Kaldara rasman jamoaga qaytadi. Rugani va Benatiya kabi Allegrida Bonuchchining o'rnini to'ldiradigan himoyachilar bor.
"Milan" esa Bonuchchi bilan yaxshigina kuchayib oladi. Nafaqat himoya chizig'i, Leo orqali jamoadagi muhit va g'oliblik ruhi ancha ko'tariladi.

Kishini o'ylantirayotgan jihat shuki, "Yuventus" har yili yozda bu kabi yo'qotishlar davomiyligini to'xtatmayotgani. Top klub deya etirof etiladigan jamoaga har yili katta futbolchilarini sotib yuborishi yoki qo'ldan chiqarishi bu salkam fojeaga teng. Bu esa "Yuventus" muxlislarining katta norozichiliklariga sabab bo'ladi.

Endi har bir "byankoneri" kelasi mavsum Dibala jamoada qoladimi, degan o'y bilan yuradi shekilli.

Ushbu transferdan so'ng "Milan" Bonuchchi bilan boyigan bo'lsa, Leo qop-qop pullar bilan boyidi...
"Yuventus" esa hecham kambag'allashib qolgani yo'q. Aksincha, ichki muhitga yomon taraflama tasir o'tkazayotgan futbolchisini ushlab qolishni istamadi. Leo bunga mavsum davomida chiroyli "ishora" qildi va klub rahbariyati esa buni o'z vaqtida payqadi.

Futbol esa aynan shu kabi shov-shuvli va kutilmagan transferlari bilan ham qiziq.


SHahboz BEG'AMOV

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика