So’nggi yangiliklar

14:18⚡️Сречко Катанец Париж-2024да иштирок этган Ўзбекистон олимпия терма жамоаси ҳақида қандай фикрда?   0 13:53ЖЧ-2026 саралаши. БАА терма жамоасига чақирилган футболчилар рўйхати маълум  2 13:24ЖЧ-2026 саралаши. Эрон бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда клубсиз футболчилар ҳам бор  4 12:49Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" ўйини ҳақида: "Кечирасизлар, аммо тушунинг, мен Гарри Поттер эмасман"  10 12:23ЖЧ-2026 саралаши. Қатар бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда Испания клубидан чақирилган футболчи ҳам бор  4 11:54Футзал. Марокаш футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  0 11:40Жейдон Санчо: "Тўғрисини айтсам, ёшлигимда Дидье Дрогба ва Фрэнк Лэмпард кумирларим эди"  5 11:11Карикатура: Каземиро "Олд Траффорд"да "Ливерпул"га эшикларни очиб берди  6 10:33Муҳаммад Салоҳ келаси ёзда "Ливерпул"ни тарк этиши мумкинлигини маълум қилди  0 09:51Эрик тен Хаг: "Мен сиздек инсонларга ачинаман"  15 09:20Арне Слот 88 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди  4 08:47Sofascore. 10 дақиқа ҳаракат қилган Шомуродов, 82 дақиқа ҳаракат қилган Довбик билан деярли бир хил баҳога лойиқ кўрилди  4 08:35Туркия чемпионати. "Башакшехир"да йирик ғалаба, Пёнтекдан хет-трик! (+мусобақа жадвали)  2 08:17"Кайсериспор" Отабек Шукуровни трансфер қилишга яқин  6 08:10А Серия. 3-турнинг марказий учрашувида ҳисоб очилмади, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  5

SHahboz Beg'amov maqolasi: CHempionat nega kutilmagan natijalarga boy kechmoqda? Yangiliklar

SHahboz Beg'amov maqolasi: CHempionat nega kutilmagan natijalarga boy kechmoqda?

"Navbahor" bugun Toshkentga uchrashuv favoriti va turnir jadvali peshqadamlaridan biri sifatida tashrif buyurmoqda.

"Paxtakor" esa qanchalik g'alati eshitilmasin, bu to'qnashuvning favoriti emas. Garchi "sherlar" o'z uylarida o'ynayotgan bo'lishsada.

O'tgan mavsumda Oliy ligada zo'rg'a jon saqlab qolgan "Navbahor" ayni paytda peshqadamlar safida bormoqda. CHempionlik uchun kurashib yurgan "Paxtakor" esa turnir jadvalining xavfli hududidan uzoqlashish bilan ovora.

CHempionatimizga oxirgi yillarda etishmagan mana shu jihatlar nihoyat bizda ham paydo bo'ldi. Turnir jadvali ag'dar-tuntar. Grand ko'ringan jamoalar esa hozir boshqa tomonlarda "sayr" qilish bilan ovora.


CHempionatimiz shunday ruhda o'tishini istagan o'zimiz. Bu narsa kuchli jamoalarning "qulashi" evaziga yuzaga kelgani ham hozircha muhim emas. Muhimi, chempionatimiz qiziqarli bo'lmoqda. Intriga qaytdi. Hozir turning istalgan o'yini qiziq va yutgan jamoa turnir jadvalida yuqorilash imkoniyatiga ega. Avvallari aynan 5-6 turdan keyin kuchli "to'rtlik" ajralib chiqar, jadvalda ularning mag'lubiyat ustunlari "0"ni ko'rsatib turardi. Hozir esa chempionatda mag'lubiyatga uchramagan va g'alaba qozona olmagan jamoaning o'zi yo'q.

Muxlislar istagan va xohlagan scenariy davom etayotgani quvonarli. Nihoyat oliy liga jamoalarimizning barchasi, istalgan jamoa bilan futbol o'ynasa bo'lishini va muhimi, ularni mag'lubiyatga uchrata olishlariga ishona boshlashdi. CHunki chempionatimizda chinakamiga kuchli jamoa yo'q. Tarkib jihatdan kuchli ko'ringan jamoalarimizning o'yinlaridagi nuqsonlar shundoq ko'rinib turibdi. Bundan esa oliy ligadagi barcha jamoalar foydalana olishlari mumkinligiga bir qancha misollarni keltirsa bo'ladi.

Qisqa qilib aytadigan bo'lsak, "SHo'rtan" buni isbotlab, qolgan jamoalarga tayyor qo'llanmani ko'rsatdi.

Oliy ligada ayni paytda xohlagan jamoa istalgan raqibni engishi mumkin. CHunki ligamizda ayni daqiqalarga kelib kuchli mutaxassis ish olib bormayotgani ham fikrimga misol bo'la oladi.

Etibor bering, ayni paytda 16 jamoaning rasman bosh murabbiyi bo'lib turgan mutaxassislarning ko'pchiligida O'zbekiston chempionligi yo'q. Andrey Miklyaevda rasman chempionlik mavjud, lekin jamoani kim boshqarishini barcha yaxshi biladi. No'mon Hasanov ham 2015 yilda rasman chempion bo'lgan. Ammo Hasanov chempionat tugashi oldidan Babayanning o'rnini egallagandi.

Faqatgina Rustam Mirsodiqov ishlab turgan bosh murabbiylar ichida O'zbekiston chempioni nomiga sazovor bo'lgan kam sonli mutaxassislardan biri bo'lib turibdi.
Yani aytmoqchi bo'lganim, hozirda ishlayotgan mutaxasislarning ko'pchiligi hali katta futbolda hech narsaga erishmagan. Ularni ichida kelajagi porloq, yosh mutaxassislar borligiga ishongim keladi. Ular uchun yo'l endi boshlandi.



Mana shu jihatlar ham chempionatimiz teng kurashlar ostida boshlanganining sabablaridan biri bo'lsa kerak. Yani, hozir hech bir mutaxassis o'z "yurishlari" bilan qolganlarni changalda qoldirib ketadigan salohiyatga ega emas. Barchada imkoniyat mavjud. Tarkib jihatdan qo'rqinchliroq, kuchli ko'ringan "Loko"da o'yin yo'q. Kuchli nomlari, mahoratli ijrochilari yo'q jamoalarning esa shakllanib borayotgani o'yini va ishtiyoq yuqori.

Potenciali yuqori ko'ringan bazi jamoalarning murabbiylarida g'oliblik ruhi, chempionlikka etaklay oladigan xarakter mavjud emas. SHu boisdan ham hozirda turnir jadvalida ko'plab o'zgarishlar ruy bermoqda.

Taxminlar bo'yicha, joriy mavsumda "Lokomotiv" hech qanday raqobatsiz bemalol chempionlik shohsupasiga chiqishi kerak edi. Hozir ham ularda nisbatan imkoniyatlar boshqalarnikiga qaraganda ko'proq. Ammo chempionat starti shuni ko'rsatdiki, "Lokomotiv" chempionlikni munosib himoya qilishi uchun hali ko'p ter to'kishga majbur bo'ladi. Agar uddalay olsa.

"Loko"ning eng yaqin raqobatchilari "Paxtakor" va "Bunyodkor" uchun chempionat ko'ngildagidek boshlanmadi. Lekin bu narsa "Loko"ga qo'l kelyapti, degan fikrni ilgari surishga shoshmagan maqul. "Temiro'lchilar"ga ayni paytda raqobat qilayotgan "Dinamo", "Qo'qon-1912", "Navbahor" singari jamoalar "Loko"ga engil tin olgani berishmayapti.



"Paxtakor"dagi o'zgarishlardan keyin ikkinchi davrada "poyga"ga "sherlar" ham qo'shilishlari mumkinligini aytmoqchiman. CHunki ayni paytda barcha jamoalar ochko yo'qotishmoqda va o'rtadagi tafovut u qadar katta emas.

Agarda davralar oralig'ida "sherlar" tarkibida o'zgarishlar, kuchayish yuz bersa, bu chempionatimizga bo'lgan qiziqishni yanada oshirishi shubhasiz. Buning uchun dastlabki qadam tashlandi.

"Bunyodkor" ham o'zgarishlar ostonasida turgani va ikkinchi davrada avvalgi, eski "qaldirg'ochlar"ni ko'rishimiz mumkinligiga shama qilayotgandek. Bu esa "Bunyodkor" muxlislarining ko'ngliga taskinlik beradi. Demak hali "Bunyodkor"ni hisobdan chiqarmay turgan maqul.

"Nasaf"da har yili, har safar chempionlik uchun imkoniyat bo'lgan. Bo'lib ham eng yaxshi imkoniyat "ajdarlar"ja bo'lgan pallalarda ham "Nasaf" o'zining doimiy o'rni, 3-pog'onaga "hiyonat" qilishni istamagan. SHu boisdan gap chempionlik haqida ketayotganda, ko'pchilik "Nasaf"ni bu ro'yxatga kiritmaslikka o'rganib qolgan. Kamida rahbariyat jamoa oldiga chempionlik vazifasini qo'yganini eslay olmaymiz. Demak ularni bronza medallari to'liq qanoatlantiradi. Bu yilgi mavsumda ham "Nasaf" bronzani qo'lga kirita oladimi, degan savol ko'pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Hozircha bir narsa deyish mushkul.

"Nasaf"da g'oliblik ruhi, kuchli xarakter bo'lganida, chempionlik masalasida barcha jamoalar "ajdarlar" bilan hisoblashishlariga to'g'ri kelardi.

"Dinamo"ning bu kabi muvaffaqiyatli startining sababi, Oleg Tyulkin aytganidek, jamoadagi yuqori ishtiyoq va futbolchilarning ishtahasi kattaligida. Hozircha jamoa aynan shu jihatlar bo'yicha raqiblaridan ustun kelmoqda. Agarda "Dinamo" ishtiyoq evaziga qo'lga kiritilayotgan ochkolardan sarmast bo'lmay, eyforiyaga berilmay tursa, hali ko'pchilikni qiynab turadi. "Dinamo" barcha uchrashuvlarda ikkinchi raqam, yani o'zini autsayder his etib o'ynashi darkor. Qarshi hujumdagi "Dinamo" kuchliroq. CHunki jamoa hali birinchi raqam bilan o'ynashga tayyor emas va bu "Dinamo"ni kuchsizlantirish bilan birga zararsizlantiradi ham. "Dinamo" raqiblariga nisbatan qo'llayotgan ishni o'ziga qarshi ishlatishlariga yo'l qo'ymasligi kerak.



"Qo'qon-1912" jamoa ko'rsatayotgan o'yin va natijaning zamirida No'mon Hasanovning mehnatlari yotibdi. Ushbu mutaxassis avvalo "Paxtakor"da bosh murabbiy sifatida qisqa muddat ishlagan bo'lsada, o'sha davr mobaynida o'zi uchun kerakli jihatlar va sifatlarni to'play oldi. No'mon Hasanov o'zining dastlabki mustaqil ishi yakunida baribir chempionlikni nishonladi. Bu esa murabbiyning o'z oldiga qo'yadigan "planka"sini oshirishi shubhasiz. No'mon Hasanov g'oliblik ruhi kuchli bo'lgan jamoada toblandi, shu ruhda shakllandi. Murabbiy sifatida ham o'z g'oyalariga, eng muhimi, o'z fikriga ega mutaxassis. Matbuot anjumanlaridagi ko'plab muloqotlardan keyingi xulosam, Hasanovdan kelajakda yaxshigina murabbiy chiqishiga ishongandim. Hozircha Qo'qondagi ishlari yomon kechmayapti.
Hasanov "Qo'qon-1912" jamoasi bilan bir bosh baland sakray olishiga ishonsa bo'ladi.

Hasanov futbolchilarni ruhlantira oladi. Yana bir kuchli tarafi, futbolchilarni tanlay olish qobiliyati ham mavjud. Masharipovni "Paxtakor"da porlashiga sababchi bo'lgan murabbiy. Andreevni zaxiraga o'tkazib qo'ygan murabbiy bu.

Bu yilgi Oliy liga syurprizlarga tayyor. O'sha syurprizlardan birini "Ko'kon-1912" ijrosida No'mon Hasanov taqdim etishga qodir.

"Navbahor"ning hozirgi ishtiroki bu Ilhom Mo'minjonov o'tgan yilgi jamoadan keyin bir bosh sakray olganidan dalolat.

O'tgan yili "Navbahor" butun mavsum davomida jami olti marotaba g'alaba tamini tatib ko'rgandi. Hozirgi jamoa esa ettinchi turdan keyin to'rt marta g'alaba qozonishga ulgurdi. Jamoa peshqadamlar orasida bormoqda. Toshkentga, "Paxtakor"ga qarshi o'yinga uchrashuv favoriti sifatida tashrif buyurayotganining o'zi ham jamoa qanday o'sishga erishganidan dalolat beradi.

Ishtaha esa ovqat paytida keladi deganlaridek, "Navbahor" hozircha o'zini turnir jadvalining yuqori qismida ancha qulay his etmoqda. Mo'minjonovning bosh maqsadi ham imkon qadar kuchli to'rttalikda ushlanib qolish va finishni shu erda tugatish.

Ilhom Mo'minjonov murabbiy sifatida o'zining yangi qirralarini "Navbahor" orqali ko'rsatish. "Navbahor" ham Mo'minjonov qo'l ostida o'zining shonli tarixiga qaytib, qaddini ko'tarib olishni maqsad qilmoqda.

"Mashal"da yaxshi oshpaz bor. Aleksandr Xomyakov qo'l ostidagi bor masalliqlardan yaxshi "taom" tayyorlay oladi. Agarda "Mashal"ning avvalgi moliyaviy imkoniyatlari bo'lganida, Xomyakov bemalol hozir chempionlik uchun kurashayotgan bo'lishi ham mumkin edi. Xomyakovning "Mashali" himoyadan ham o'ynay olishi, kerak paytda hujumkor jamoaga aylana olishi bilan maqtana oladi. "Mashal" Muborakda istalgan jamoani mag'lubiyatga uchrata oladi. Asosan o'z tarbiyalanuvchilariga ishonadigan jamoa uchun turnir jadvalining o'rta qismlaridan joy olish yaxshi natija. Bu yilgi mavsumda Xomyakovdan yanada kuchliroq "Mashal"ni shakllantirishini kutib qolamiz.

"Buxoro"ni qabul qilib olgan Ulubek Baqoevni murabbiy sifatida kuzatish qiziq bo'ladi. Hozircha jamoa ko'rsatayotgan natijalari yomon bo'lmayapti. CHempionat startiga oz vaqt qolganida "Buxoro"ga kelgan Baqoevning ishlari chakki emas. Jamoaga biroz barqarorlik etishmayotgani va o'yini yo'lga qo'yib olinmagani tabiiy holat. Ikkinchi davradan keyin haqiqiy Ulug'bek Baqoevning "Buxoro"sini ko'rsak ajab emas. Lekin ayni paytdagi debyutant murabbiyning natijalarini ham muvaffaqiyatli, desak, mubolag'a bo'lmaydi.



Tarkib, nomlar bo'yicha "Qizilqum"da muammo yo'q. Muammo shundaki, jamoaning o'yini hali yaxshi yo'lga qo'yilmagan. "Qizilqum" ko'plab o'yinlarda kutilmaganda ochko yo'qotdi. Agarda o'z uyidagi uchrashuvlarni o'z foydasiga hal etganida, hozir turnir jadvalining yana bir yangi peshqadamlaridan biri haqida gaplashayotgan bo'lardik. Hamidjon Aktamov hozir barcha etiborin jamoaning o'yinini yo'lga ko'yishga qaratishi lozim. Jamoada etakchilar bisyor, istalgan futbolchi bu ishni amalga oshira oladi. Erkin Boydullaev, Ilhom Yunusov, Artur Gevorkyan, Jasur Hasanov kabi futbolchilarni istalgan jamoa o'z safida ko'rishni xohlagan bo'lardi. "Qizilqum"ning eng kuchli nuqtasi ham bu yarim himoya. Jamoaga yangi kelib qo'shilgan Artur Gevorkyanning foydasini jamoa muxlislari katta ehtimol bilan ikkinchi davrada his etishadi. Ayni paytda ko'pincha zaxirada qolib ketayotgan Gevorkyanning raqobatda yutqazayotganligidan emas, balki jamoaga juda kech kelib qo'shilganligidan bo'lmoqda. Mavsumga tayyorgarlik qismini o'tkazib yuborgan futbolchi hozirda nafaqat jismoniy holatini tiklashi uchun, balki jamoa o'yiniga kirishib ketishi uchun ham malum muddat vaqt kerak bo'ladi.

Katta ehtimol bilan "Qizilqum"ning o'yini Gevorkyan atrofida quriladi. Aktamov bejizga futbolchini jamoaga taklif etmagan bo'lsa kerak. Demak "Qizilqum" o'z o'yinini topib olishi uchun avvalo Gevorkyanning tezroq formaga kirishi talab etiladi.

G'uzorning "SHo'rtan" jamoasida yana o'sha eski qo'shiq yangradi. "SHo'rtan" doimgidek murabbiylarni istefoga chiqarishin va bu ishni birinchi bo'lib amalga oshirishni yaxshi ko'radi. Bu yili ham bu ish takrorlandi. Istefodan keyingi jamoa natijalari ham tezda yaxshilandi. O'sha Ixtiyor Karimovni postga qaytishi "SHo'rtan"ni qaddini tutib olishiga ko'maklashdi. Bu scenariy o'tgan yili ham bo'lgandi. Muhimi, bu o'zgarishlar jamoa foydasiga ishladi. Faqat bir narsa tushunarsiz, nega klub mavsum avvalida Ixtiyor Karimovni o'rniga boshqa murabbiy jalb qilgandi?

Hozirgi Oliy ligamizda juda kuchli mutaxassis bo'lish shart emas, chunki raqobatchilar ichida ham kuchlilari yo'q. Eng zo'rlari tanaffusga chiqqan paytda barchada o'zini ko'rsatish imkoniyati tenglashgan. Ixtiyor Karimov yaxshi strateg, zo'r taktik murabbiy bo'lmasligi mumkin. Lekin shuni qayl etib o'tish lozim, Ixtiyor Karimov zo'r motivator ekan. Jamoaga qaytishi bilan natijalar o'zgardi. Yana kimsan "Lokomotiv" va "Paxtakor" tor-mor keltirildi. Jamoani ruhlantira olish ham barchani qo'lidan kelmaydi. Hozirgi o'zbek futbolida esa "xom-taktik", qo'rqoqcha futbol o'ynashni xush ko'radigan murabbiylardan ko'ra, o'sha ruhlantira oladigan futbol kishilarini ishi yaxshi bo'lib qoldi.

"Olmaliq"qa kelgan Kumikovning ishlari alo darajada boshlanmagan bo'lsada, jamoa kerak paytda o'zini tutib oldi. Kumikovning jamoalari jismoniy kuchga asoslangan futbol o'ynaydi. Yani, jamoa asosan uzun paslar orqali hujumga o'tishga, standart vaziyatlari, raqibni o'yinini "buzib" qo'yish Kumikovning eng kuchli tarafi. "Olmaliq" ushbu mavsumda qisqa paslar orqali o'yinni qurmaydi, Kumikov texnik futbolni uncha xushlamaydi. Unga jismoniy kurash ko'proq yoqadi. Jamoa esa shunga asta-sekin moslashib bormoqda. "Olmaliq" ushbu uslubga qanchalik tez moslashsa, bu raqiblari uchun shunchalik qiyinchilik taqdim etadi.



Bu yilgi mavsumda Oliy ligada jon saqlab qolish uchun "So'g'diyona", "Obod", "Neftchi" va "Metallurg" jamoalari kurash olib borishadi shekilli.

Mavsumni barchadan ko'ra yomonroq boshlagan ushbu to'rttala jamoaning ishlari ko'ngildagidek kechmayapti.

Davron Fayziev jamoasi butkul yangilandi va murabbiy qo'l ostidagi futbolchilar bilan "So'g'diyona"ni o'yinini yo'lga qo'yib olgunicha ham ancha vaqt ketadi.
Rauf Inileev "Obod"ga yangi futbol tadbiq etmoqda. "Obod" tezkor, hujumkor va yuqori pressingga asoslangan futbol o'ynamoqda. Bu esa ularning raqiblarini juda qiynab qo'ymoqda. Garchi jamoa pastki o'rinlarda borayotgan bo'lsada, o'yin jihatidan hech bir raqibiga yutqazmayapti. Faqatgina "Olmaliq" o'zining jismoniy qo'pol o'yini orqali "Obod"ga o'ynagani bermadi. Qolgan bahslarda Inileevning jamoasi juda yaxshi ko'rindi. Jamoaga haqiqiy etakchi va tajribali futbolchi etishmayotgani ham pan bermoqda. "Obod"ga maydon markazini nazorat qila oladigan yarim himoyachi bo'lganida, hozirda jamoaning natijalari ham birmuncha yaxshiroq bo'lardi.

"Neftchi" eng ko'p tanqidlarga munosib jamoa. Andrey Fyodorov jamoani yangi mavsumga qay tarzda tayyorlagan bilmadimku, lekin "Neftchi"dan bu qadar sust ishtirokni hech kim kutmagandi. Ushbu mavsumda eng oxirgi bo'lib g'alaba nashidasini surgan jamoa ham "Neftchi" bo'ldi. Agarda jamoada Fyodorov qoladigan bo'lsa, unda farg'onaliklar oliy ligada jon saqlab qolish uchun kurashishlari aniqroq.

Bekobodning "Metallurg" jamoasi ham kutilmaganda joriy mavsumni juda yomon boshladi. O'z uyida uncha-muncha jamoaga xattoki bir ochkoni ham bermaydigan "Metallurg", ushbu mavsumda ko'plab ochkolarni raqiblariga boy bermoqda va hozirda turnir jadvalining eng oxirgi pog'onasida bormoqda. "Metallurg"ning bir odati bor, ular mavsumni zo'r boshlashsa, ikkinchi qismini sust o'tkazishadi. Agarda aksincha bo'lsa, unda ikkinchi davrada jamoa "uyg'onadi". Ko'ramiz, bu safar "Metallurg" "uyg'ona" oladimi?

SHahboz Beg'amov

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика