So’nggi yangiliklar

18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд – илк финалчи, Тожикистон 3-ўрин учун ўйнайди  0 18:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" "Сўғдиёна"га мағлуб бўлди, лекин кейинги босқичга йўлланма олди  30 18:26Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Металлург" муроса кўчасини танлади  6 17:57Ўзбекистон олимпия термаси "Халифа" стадионига етиб келди!  9 17:45Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912", "Арал" ва бошқа жамоалар ўйинлари давом этмоқда  2 17:32Ўзбекистон U-23 — Саудия Арабистони U-23. Таркиблар маълум!  49 17:20Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистоннинг Эронга қарши таркиби эълон қилинди  2 17:07U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувига превью. Саудияни бир маротаба ютганмиз, улар эса бизни уч марта  5 16:58Кварацхелия янги мавсум "Барселона" футболчисига айланиши мумкин  3 16:32"Оч бўрилар" овга чиқмоқда  9 16:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистондан мағлуб бўлган Вьетнам Қирғиз Республикасига ҳам ютқазди  7 15:59U-23 Осиё Кубоги. Индонезия Корея Республикасини мусобақадан чиқариб юборган драматик ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:40Ўзбекистон футзал МТЖ Эронга қарши қандай либосда ҳаракат қилади?  1 15:13ПСЖ Франция чемпионати рекордини ўрнатди  1 14:49"Порту" Сержиу Консейсау билан шартномани узайтирди. Унга "Милан" қизиқаётганди  0

SHahboz Beg'amov Ashurmatovning raddiyasiga javob qaytardi Yangiliklar

SHahboz Beg'amov Ashurmatovning raddiyasiga javob qaytardi

SHahboz Beg'amov Baxtiyor Ashurmatovning raddiyasiga javob berdi.

Kecha saytda AGMK jamoasining hozirda bosib o'tayotgan yo'li haqida maqola qoralagandim. O'sha maqoladagi mazkur jumla: 

"Xo'sh, birinchi navbatda AGMK jamoasi haqidagi tasavvur. Olmaliq chempionatimizda asosan o'rta o'rinlarda yurgan va bu tarafdan ko'pincha o'rtamina jamoa sifatida barqarorlikni saqlab kelgan jamoa. 2018 yil jamoa o'z tarixida ilk bor mamlakat kubogini qo'lga kiritdi. Bu juda yaxshi natija. Lekin bu ko'proq tasodif va omad evaziga kelgan muvaffaqiyatga o'xshash. CHunki xuddi o'sha mavsum jamoa elitada o'tish o'yinlari orqali o'z jonini saqlab qoldi. Yani, bir qarashda jamoaning eng muvaffaqiyatli mavsumida AGMK chempionatni xavfli hudud chizig'ida tugatdi. Kubok esa musobaqa formati o'zgarib, o'yinlar bir uchrashuvdan iborat bo'lgan paytga to'g'ri kelib qoldi. Yani, bunday formatda istalgan jamoada har qanday sensaciyani qayd etish imkoniyati oshadi. AGMK esa o'shanda haqiqiy sensaciya qayd etgandi. Va o'sha sensacion final jamoaga yangi bosqichdagi yo'lni ochib berishga turtki bo'ldi", - deyilgan joyiga Baxtiyor aka etirozli munosabat bildiribdilar.

Baxtiyor Ashurmatov - AGMK, Mirjalol Qosimov va SHahboz Beg'amov haqida        

O'qidim, o'sha joyidagi jumlaga javobni to'g'ri qabul qildim, gap yo'q. Lekin raddiya cho'zilib, aftidan faqat o'sha joyiga emas, balki AGMKning hozirgi kundagi muvaffaqiyatli ishtirokini shunchaki omad evaziga bo'layotganini tasvirlashga chalg'ib ketganliklarini ko'rdim. Bu nima bilan bog'liq aniq bilmadim-u, lekin taxminim bor. Biroq hozir Ashurmatov singari "Paxtakor" bilan hozirda AGMK yana 5 marta o'ynasa, hammasida yutqazadi degan taxminlarga berilmaslikka qaror qildim.


Endi o'sha etirozli jumlaga etibor beramiz. U erda AGMKning 2018 yilda kubokni yutgani juda yaxshi natijaligi takidlangan va buni omad evaziga, ko'proq tasodifiy muvaffaqiyatga qiyoslaganman. Tushuntiraman, birinchidan, u erda fokus jamoa tanlagan va ketayotgan yo'lga qaratilib, aynan o'sha yili klubning prioriteti bunday vazifalarni bajarishga emas, balki doimgi ishtirokka qaratilganiga urg'u berilgan. "Paxtakor"ni mag'lub etib kubokni olish esa omad evaziga deyilgan, umumiy manoda. Yani o'sha finaldagi aynan o'yin jihatidan kelib chiqib emas. 2018 yilgi mavsum faqat kubokdagi ishtirok bilan emas, balki eng ustuvor bo'lgan chempionatdagi qatnashuv bilan ham eslanishi kerak, ahir? Raddiyada o'shanda AGMK o'ziga mos bo'lmagan joylarda yurgani va amallab elitada qolgani haqida lom-lim deyilmagan. O'zbekiston kubogi sohibiga aylangan AGMKning poydevorida sal bo'lsada Kumikovning xizmatlari eslanmagan.

SHuningdek, o'sha jumlada 2018 yilda O'zbekiston kubogidagi muvaffaqiyat jamoaga yangi bosqichdagi yo'lni ochib berilgani aytilgan. Gapni ochig'i, u erda Ashurmatov va uning jamoasining mehnati tasodif ekanligidan ko'ra, jamoaning maqsad va vazifalari rejasidan o'rin olmagani uchun tasodifga qiyoslangan. Va o'sha natija kelasi mavsumlarda jamoa yo'lida keskin burilish yasagani, yangi bosqichga chiqishida turtki bo'lgani etirof etilgan.

Baxtiyor Ashurmatov negadir buni noto'g'ri tushunishga harakat qilgan yoki tushunishni istamagan. Mayli, gap buyoqda ham emas. Ikkinchidan, Ashurmatovning o'zi yozgan raddiyasida aytyapti:

"Mani fikrimcha, finalda AGMK "Paxtakor"ga qarshi 5 marta o'ynasa, 5 marta yutqazadi.CHunki, xozirgi paytda tan olish kerak, Arveladze boshchiligidagi "Paxtakor"ga teng keladigan jamoa yo'q. Omad, tasodif va sensaciya har yili ham bo'lavermaydi".

O'qidingiz-a? Omad, tasodif va sensaciya har doim bo'lavermaydi deyilmoqda! Xo'sh, unda nega o'sha jumladagi omad, sensaciya va tasodif degan so'zlarga etiroz? Yani, man buni umumiy manoda keltirganman. Ashurmatov esa to'g'ridan-to'g'ri "Paxtakor" bilan yana 5 marta o'ynasa, xuddi shuncha yutqazadi, imkoniyating yo'q, deyapti. Yani, "Paxtakor"ni hozirgi kunda mag'lub etish omad va tasodif evaziga qo'lga kiritilishi mumkinligiga shama qilinmoqda. Bu Ashurmatovning shaxsiy fikri, qarshiligim yo'q. SHunchaki kimdir tushuntirib bera oladimi, unda nega yuqoridagi jumlada keltirilgan umumiy manodagi omad, tasodif va sensaciya so'zlariga etiroz? G'alati.

SHunchaki eslatma, yaqinda AGMK Toshkentda "Paxtakor" bilan o'ynadi va yutqazmadi. O'yin bo'yicha ham tomosha qilishga arzigulik bahs bo'ldi. Aytmoqchi bo'lganim, hozirgi AGMK malum darajada shakllanib, o'yin taraflama ham o'sgani evaziga mamlakat grandiga munosib qarshilik qildi. Nazarimda, 2018 yilga nisbatan har ikkala jamoa yaxshigina o'sishga erishdi. Ayniqsa "Paxtakor" 2 yil avvalgiga nisbatan juda kuchaygan. 

Futbolda har narsa ruy berishi mumkin. Istalgan g'alaba yoki muvaffaqiyat omad kelmasa qo'lga kiritilmaydi. Har qanday jamoaning yutug'i omad evaziga bo'ladi. Omad esa o'sha daqiqadagi kuchlilar tarafida bo'ladi. Futbolda ham hayotda uchraydigan tasodiflar bo'lib turadi. Buning yomon tarafi yo'q. Hech kim AGMKning 2018 yildagi muvaffaqiyatini noloyiq deya hisoblagani yo'q.

Mayli, bevosita o'zi murabbiylik qilgan davrdagi fikrga munosabat bildirilgan. Yomon tarafi yo'q. Lekin nega boshqa tomon, yani 2019 yoki 2020 yildagi mavsum haqida batafsil to'xtalingan. Ro'ziqul Berdievni eng yaxshi murabbiyligi aytilib o'tilganini bu mavzuga nima aloqasi bor? Menimcha, Ro'ziqul Berdievning iqtidoriga shubha yo'q. Gapni ochig'i, Ashurmatov Berdievni alohida etirof etmasada hamma "Nasaf" bosh murabbiyi Ashurmatovdan ancha kuchliligini yaxshi biladi. Ortiqcha to'xtalishga hojat yo'q.

Ashurmatov "An Nassr" bilan o'yin haqidagi fikrga ham munosabat bildirib, uni fojea emasligiga qarshilik qilgan. Tushunishimcha, bir oylik jamoa tarkibidagi yulduzlari mavjud bo'lgan grand raqibga yutqazishni juda alam bilan eslagan. OCHLda o'ynash, xalqaro maydondagi masuliyat haqida o'zbek murabbiylari ichidan menimcha, bir kishi ko'proq gapirishga haqli. Kimligini alohida aytishim shart emas, tushundingiz.

Murabbiylarga vaqt berilishi masalasi. Bu borada Baxtiyor Ashurmatov ko'p aziyat chekkan, tushunaman, qo'shilaman. Har bir murabbiyga vaqt kerak. Lekin murabbiylar ham shunga monand bo'lishi va loyiq ko'rilishi kerak. Ashurmatov nihoyat Qo'qonda uzoq kutilgan vaqtni olishiga tilakdoshman.

Keyin futbolda moliya hamma narsani hal qilmasligini aytganimga, Ashurmatov qarama-qarshi ketib, pulga ko'p narsa bog'liqligini keltiribdilar. Pul kerak, lekin muvaffaqiyat garovi faqat pul emasligini aytib, misol tariqasida "Siti", MYU va hokazolarni keltirganman. To'g'ridan-to'g'ri taqqoslash bo'lmagan. Legionerlar bilan AGMKdagi xorijlik futbolchilarni misol keltirishni hojati yo'q, menimcha. Raddiyani avvalida nima uchun munosabat bildirayotganliklarini alohida aytib, o'sha joyiga qisqacha gapirilib, keyin boshqa mavzular bo'yicha alohida to'xtalib, yakunda raddiya dostonga aylangan. SHunchaki murabbiy umuman boshqa mavzudagi maqolaga munosabat bildirish chog'ida aloqasi yo'q mavzularga o'tib ketgan. Hayron qoldim.

Tepadagi jumlaga munosabatni to'g'ri qabul qildim va xursand bo'ldim. Hammani shaxsiy fikri va meni qarashlarim kimgadir maqul kelmasligi tabiiy. Lekin mano va mazmun jihatdan tushunmovchilik bo'lgan. Mayli.

Ashurmatov raddiya avvalida shunday deydi: "AGMK matbuot kotibi SHahboz Beg'amovning tahliliy maqolasini o'qib shunga amin bo'ldimki, sayt o'quvchilari, muxlislar futboldagi vaziyatlarga holisona yondashishi, qiziqarli mulohazalarini bildiradigan SHahboz Beg'amovnini yo'qotishibdi. Afsuski, tanqidiy maqolalari bilan chiqish qiladigan, vaziyatlarga holisona yondashadigan jurnalistlarimiz bittaga kamayibdi".

Birinchidan, shaxsiy fikri. Bemalol. 

Raddiya oxiridagi jumla: "SHahbozni ajoyib yigit sifatida, yaxshi jurnalist sifatida juda ham hurmat qilaman. O'z tanlagan yo'lidan adashmasligiga tilakdoshman. Unga juda murakkab ishida omad tilayman. Lekin, oxirgi paytlarda bir tomonlama maqolalar chiqarib turgani uchun o'z fikrlarimni bildirdim".

Janob Ashurmatov, bir tomonlama maqola deganda nimani nazarda tutdiz? Ochiqroq gapirish kerak edi. Men ham sizning murabbiylik faoliyatingizda omad tilayman. Omad tilashimni kimdir samimiy ekanligiga ishonmasligini ham bilaman. Lekin ochiq gap, rostan omad tilayman. Ko'proq ishlab, sizga ham ko'proq vaqt berilishini so'rayman. Bemalol ishlang. Ja bir oyda bo'lmasada, 3 yilda bo'lsa ham "An Nassr"ni yutadigan jamoa tuzishingizni, bir joyda 1-2 yil qolib bemalol ishlasingizni, safarda ham yutib, 3 ochko bilan uyga qaytishingizni tilayman! Balki ishonmassiz, lekin samimiy tilak bu.

Qaytaraman, kechagi AGMKning mentaliteti o'zgarayotgani haqidagi maqolada siz va o'sha paytdagi jamoangizning mehnati qadrsizlanmagandi. Balki sizga shunday tuyulgandir. O'sha final haqida esingizda bo'lsa o'sha paytdayoq fikr bildirgandim.

Futbol jamoatchiligi va muxlislar ko'z o'nggida Ashurmatov va men bilan bog'liq qarama-qarshilik, ziddiyat yuzaga kelganga o'xshab qoldi. Futbolda bu normal jarayon. Kerak bo'lsa qiziq. Aslida bunday bahs-munozaralarni bo'lgani yaxshi, mayli. Kechagi maqolada shaxsan siz haqingizda gap bormagan va hech kimni shaxsiyatingiz borasida fikr bildirmagan. Raddiya ko'proq alam bilan yozilganga, xuddi muhim o'yinni yutqazib qo'yib, jahlda matbuotga anjumaniga kirganga o'xshab qolibdi. Meni fikrimga javob beraman deb, hozirgi AGMKning o'yinlariga ko'proq to'xtalib, biroz maydalashib ketilgandek va hozirgi jamoaga biroz hurmatsizlik bo'lganga o'xshadi. Balki menga shunday tuyulgandir, bilmadim. 

Yuqorida "Paxtakor" AGMK bilan 5 marta o'ynasa 5 bor yutadi, degan taxminigizga qisqacha munosabatim. Futbolda omadga ko'p narsa bog'liq. Tasodiflar ham ko'p uchrab turadi. SHu bois istalgan payt xohlagan jamoani yutib qo'yishingiz mumkin. Lekin bu tizimli bo'lsa yaxshi. SHunda hech kim sizning muvaffaqiyatingizni faqat omad yoki sensaciya bilan izohlamaydi.

Salomat bo'ling!

                                                                                                                                                                                                                                      SHahboz Beg'amov

Reyting: -72   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика