So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  0 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  6 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  3 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  815 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

"SHaharliklar" poytaxt klubini qabul qiladi, "Liverpul" esa 4 o'yinda 12 ta gol o'tkazib yuborgan "Suonsi" bilan o'ynaydi. APLning 22-tur prevyusi Yangiliklar

"SHaharliklar" poytaxt klubini qabul qiladi, "Liverpul" esa 4 o'yinda 12 ta gol o'tkazib yuborgan "Suonsi" bilan o'ynaydi. APLning 22-tur prevyusi

Teglar :  Eplmanager
Bugun Angliya Premer-ligasi muxlislari uchun ikki kunlik bayram boshlanadi.

CHunki bugun Angliya chempionatlarining 22-tur uchrashuvlariga start beriladi:

"Liverpul" - "Suonsi Siti"

21 yanvar. 17:30

"Liverpul" 2017 yilni omadsiz boshladi, ular joriy yildagi beshinchi uchrashuvda "Plimut"ni Angliya Kubogida taslim eta olishdi. Klopp jamoasining Premer-ligadagi so'nggi ikki o'yini durang bilan yakun topdi ("Sautgempton" 2:2 va "Manchester Yunayted" 1:1). Natijada ular turnir jadvalida "Tottenxem"ni o'tkazib yuborishdi. Ular yangi yilda ilk marotaba "Enfild"da Premer-liga bahsini o'tkazishadi. "Qizillar" uyda olishi mumkin bo'lgan 27 ochkodan, 23 tasini o'z nomlariga rasmiylashtirishdi

"Suonsi" joriy mavsum murabbiyni tez-tez almashtirmoqda, ammo bundan foyda bo'layotgani yo'q, so'nggi turda "oqqushlar" "Arsenal"ga 0:4 hisobida mag'lub bo'lishdi. Uelsliklar vaziyatni o'nglash uchun transfer oynasida juda faol bo'lib turishibdi: Ular hozirgacha Tom Kerroll, Olsson, Narsing va Esnesni 14,4 mln. funtga xard qilishdi.


Bu bahsda mehmonlarda muvaffaqiyat uchun imkoniyat yo'q deb o'ylayman, chunki jamoalarning holati turlicha, buning ustiga Klopp jamoasi uyda o'ynaydi.


"Bornmut" - "Uotford"

21 yanvar. 20:00

"Bornmut" o'tgan turda kutilganidek "Xall"ga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Ammo bundan oldin ikki bahsda yaxshi o'yin o'tkazdi. "Olchalar" mehmonda ishonchsiz o'yin ko'rsatadi, ammo uyda har qanday raqibga katta muammolar tug'dira oladi. Ular turnir jadvali markaziga o'rnashib olishgan.

"Uotford" hozir inqirozda, jamoa 10 dekabrdan beri g'alaba nimaligini bilmay kelyapti. "Arilar"ning asosiy muammosi hujumdagi o'yin, ular 6 ta bahsda 2 ta gol urishga muvaffaq bo'lishdi va shu sababli 14-o'ringa tushib ketishdi. "Uotford" mehmon jamoasi emas, ular raqib maydonidagi o'yinlarda ketma-ket 5 ta mag'lubiyatga uchrashdi.


"Bornmut" uy jamoasi va ular hozir yaxshi formada. SHu sababli "olchalar" bu bahsda g'alaba qozonishini taxmin qilish mumkin.


"Vest Bromvich" - "Sanderlend"

21 yanvar. 20:00

"Vest Bromvich" so'nggi turda "Tottenxem"dan 4 ta gol qabul qilib oldi. Ammo bu ularning umumiy ruhiyatiga tasir qilmaydi. Pyulis jamoasi etakchilarga qarshi bahsda o'zini ko'rsata olmayapti, teng kuchli raqiblardan esa yaxshigina ochko ishlab olishga muvaffaq bo'lishdi.

"Sanderlend" inqirozdan chiqayotganga o'xshab ko'ringan edi, ammo klubda jarohatlar mavsumi boshlanib ketdi. "Qora mushuklar"ning 9 futbolchisi hozir davolanyapti va yana 3 nafar futbolchi Afrika Millatlar Kubogiga jo'nab ketdi. Devid Moyes jamoasi bu bahsda, ayniqsa mehmonda g'alabaga umid qilmasa ham bo'ladi. Jamoa joriy mavsumda mehmondagi 10 ta uchrashuvdan 8 tasida mag'lubiyatga uchragan.


Bu juftlik natijasi malumdek ko'rinmoqda.


"Kristal Pelas" - "Everton"

21 yanvar. 20:00

"Kristal Pelas" "Sanderlend" kabi jarohatlar epidemiyasiga uchradi. Jamoaning 7 futbolchisi davolanishda va yana 2 nafar o'yinchi Afrika Kubogiga ketgan. Sem Ellardays asosiy tarkibda kimni o'ynatishni bilmay, boshi qotgan. SHu sababli "burgutlar" markaz uchun 13,8 mln. evroga SHluppni xarid qilishdi. Bu muammolar tufayli jamoa 7 ta uchrashuvdan beri g'alaba nimaligini bilmay kelyapti.

"Everton" 2017 yilda o'z raqiblarini ayab o'tirmayapti. Ular ikkita uchrashuvda 7 ta gol urishga muvaffaq bo'lishdi. "Sautgempton" 3:0 va "Manchester Siti" 4:0. Liverpul shahri vakillari shu ruhda davom etishsa, "burgutlar"ga imkoniyat qoldirishmaydi.



"Midlsbro" - "Vest Xem"

21 yanvar. 20:00

"Midlsbro" transfer oynasida juda faol. Ular gollar sonini oshirish uchun hujumchilar Gested va Bemfordni xarid qilishdi. Karanka jamoasining himoyasi yaxshi holatda, so'nggi ikki o'yinda gol o'tkazishmadi, ammo gol ham ura olishgani yo'q.

"Vest Xem"ni bu mavsumda barqaror jamoa deb bo'lmaydi. Ammo londonliklarning saviyasi yuqori. "Bolg'aurarlar"da muammo ham etarli, Dmitri Payet jamoani tark etishga qaror qilgan. Klubdagilar vaziyatni o'nglash uchun "Vest Xem" ketma-ket ikkinchi o'yin mehmonda ochko oldi.


Ayni damda "Midlsbro" va "Vest Xem" bir-biriga yaqin jamoalar. Mezbonlarning tinchliksevarligini hisobga olsak, bu bahs durang bilan yakunlanishi mumkin.


"Stok Siti" - "Manchester Yunayted"

21 yanvar. 20:00

Hech kim "Stok Siti"ning mavsum boshidagi muammolarini eslamay qo'ydi, bugun ular 27 ochko bilan Angliyaning to'qqizinchi jamoasi bo'lib turibdi. Xyuz shogirdlari o'rtamiyona va autsayder jamoalarga qarshi bahslarda ochko to'plashga muvaffaq bo'lishmoqda. Ammo etakchilarga qarshi so'nggi uch bahsda ular mag'lubiyatga uchrashdi.

"Manchester Yunayted" ham hozir "Stok" kabi holatda. Ular ketma-ket 12 ta uchrashuvdan beri mag'lubiyat nimaligini bilishmayapti. "Qizil iblislar" himoyada ishonchli, hujumda unumdor o'yin ko'rsatib yuqori o'rinlarga intilmoqda.


"Manchester Yunayted" ayni damda juda kuchli va "Stok Siti"ning etakchilarga qarshi uchrashuvlarini hisobga olsak, mehmonlar bu o'yinda g'olib bo'lishadi.


"Manchester Siti" - "Tottenxem"

21 yanvar. 22:30

"SHaharliklar" bu bahsga "Everton"dan uchralgan nokautdan (0:4) so'ng kelishmoqda. Gvardiola xafsalani pir qilishda davom etyapti. Ispaniyalik o'z vazifasini ochiqchasiga uddalay olmayapti. "Manchester Siti" hozirgacha o'z o'yiniga ega bo'la olmadi. Jamoada xatto "B" reja ham yo'q.

"Tottenxem" kuz o'rtasida biroz sekinlashib, hozir har qanday jamoa darvozasiga gol urishdan charchamayapti. Ayni damda "shporlar" "shaharliklar"dan turnir jadvalida balandroqda. Ular 7 ta o'yinning har birida kamida 2 tadan gol urishga muvaffaq bo'lishdi.


"Tottenxem" 2016 yildagi ikki uchrashuvda "shaharliklar"ni 2:1 va 2:0 hisobida taslim etdi. Bu bahs qiymati juda baland, mezbonlar uchun mag'lubiyat chempionlik orzusidan voz kechishni anglatadi. Mehmonlar uchun esa katta yo'qotish bo'lmaydi.


"Sautgempton" - "Lester Siti"

22 yanvar. 17:00

"Sautgempton" chempionatda mag'lub bo'lishni davom ettirmoqda. "Avliyolar" ketma-ket 4 ta uchrashuvda ochko ishlay olishmadi. Ular xatto uydagi so'nggi ikki o'yinni ham boy berishdi. "Tottenxem" 1:4 va "Vest Bromvich" 1:2.

"Lester" ustozi 2016 yil uchun ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritganiga qaramay, bu mavsum APLda jon saqlab qolish uchun kurashmoqda. Jamoada Afrika Kubogiga ketgan Riyad Maxrez va Slimanilar yo'q. Jamoa mehmondagi 10 ta uchrashuvning birortasida hali g'oli bo'lgani yo'q, 3 ta durang, 7 ta mag'lubiyat.


"Sautgempton" "Lester Siti"ning inqirozida ularni qabul qiladi, shu sababli bahsda "avliyolar" ustunlik qilishi kerak.


"Arsenal" - "Byornli"

22 yanvar. 19:15

"Arsenal" dekabrdagi ikki mag'lubiyatidan so'ng tezda o'ziga kelib oldi va qolgan 4 ta uchrashuvda 10 ochko ishladi. Arsen Venger jamoasi uyda o'tkazgan 10 ta bahsda 23 ochko ishladi.

"Byornli" uy jamoasi va shu tufayli ular 26 ochko bilan turnir jadvali markaziga joylashib olgan. SHon Daych yigitlari mehmondagi 9 ta o'yinda 1 ochko ishlashgan.


"Arsenal" "Byornli"ga qarshi 5 ta bahsda g'alabaga erishgan, bu seriya davom etishiga qarshilik qiluvchi sabab ko'rmayapman.


"CHelsi" - "Xall Siti"

22 yanvar. 21:30

"CHelsi" o'tgan turda "Lester Siti"ni muammosiz 3:0 hisobida mag'lub etdi va chempionatda etakchilikni davom ettirmoqda. Konte jamoasi uyda o'tkazgan 10 ta o'yinning 9 tasida g'alabaga erishdi.

"Xall Siti" ligada jon saqlab qolish uchun kurashyapti, o'tgan turda "yo'lbarslar" "Bornmut"ni 3:1 hisobida taslim etib, 9 uchrashuvdan iborat bo'lgan g'alabasiz seriyaga chek qo'yishdi.


Etakchi va autsayder o'rtasidagi bahsda intriga bo'lishiga ko'pchilik ishonmaydi. "Aristokratlar" saviya evaziga g'alaba qozonishadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика