So’nggi yangiliklar

13:12Ўзбекистон U-20 терма жамоаси устози: "Пенальтилардан фойдаланишни кўп маротаба машқ қилгандик"  0 12:58Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси "Бунёдкор"да иш бошлади  0 12:30"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Ҳусановни мақтади  4 12:03Слот – Гвардиолани АПЛнинг бир мавсумида икки марта мағлуб этган "Ливерпул"нинг биринчи мураббийи!  3 11:37"Барселона" 80 млн еврога баҳоланаётган туркиялик футболчига қизиқмоқда  4 11:09Хаби Алонсо – рекордчи!  1 10:41А Серия тўпурарларидан бирига «Арсенал» ва «Ливерпуль» асосий даъвогар  0 10:07Ўртоқлик учрашуви. «Насаф» «Шахтёр»ни мағлуб этди  3 09:36«Андижон» икки нафар футболчини ижарага берди. Бири Қозоғистон чемпионатига йўл олди  0 09:01Гвардиола Ҳусановнинг ўйнига юқори баҳо берди  16 08:33АПЛнинг жорий турида ушбу кўрсаткич бўйича Ҳусанов тенгсиз!  5 08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  6 07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  6 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  5 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1

SHahar bedarvoza emas! Yangiliklar

SHahar bedarvoza emas!

Oliy liga o'yinlari boshlandi-yu, saytdagi jan-jallar avjiga chiqdi.

Biz, saytimizni nafaqat axborot bilan, balki o'quvchilarining madaniyati bilan ham ustun turishini istaymiz. 

Lekin so'nggi yarim yil ichida saytdagi mana shu fayz yo'qoldi. Bunga tarafkashlikni, insoniylik xulq atvorini, bir o'yinga almashtirib chegaradan chiqayotgan o'quvchilar aybdor bo'lyaptilar.

O'ylamang, so'kindim, "admin" ko'rmadi, tinchidi deb. Oliy liga mahali har bir ijodkorimiz liga bilan band bo'ladi. Ammo siz 5 soat avval boshlagan jan-jalingizni ishini bitirib bo'lgach albatta ko'rib chiqadi. SHunday bo'lyapti ham.

Aynan siz muxlislar uchun matbuot kotiblari bilan hamkorlikda yangi loyihani ishga tushirdik. 25 yillik chempionat davomida hali bunaqasi bo'lmagan edi. O'yin tugaboq, fotogalereya, matbuot anjumanlari va futbolchilar bilan suhbatlar saytda chiqdi. Video orqali gollarni tomosha qilyapsiz. Bu avvalo o'quvchi uchun, o'sha viloyat futbolchisini Toshkentnikidan kam joyi yo'qligini isbotlash uchun. 

Afsuski, ijodiy guruh o'quvchi uchun ishlasa-yu, kollejni bitirigan bitirmagan, so'kish aralashtirmasdan, kesatiq-u, fisxu fasodsiz fikr qoldira olmaydiganlar barchasini bir pulga chiqaryapti. 

Bergan intervyusidan so'ng "komentda" gap eshitishni istamaganligi uchun ham OAV bilan gaplashmay qo'ydi futbolchilar. Balki biz hali yapon futbolchilarining darajasiga chiqa olmasmiz, lekin 6:2 hisobida mag'lubiyatga uchrayotganida ham qo'llab - quvvatlab tura oladigan muxlis darajasiga chiqishimizga nima to'siqlik qilyapti? Bir Vatanda yashab viloyat bo'yicha kamsitishga kimning, qanday haqqi bor? Barcha viloyatlari chambarchas bo'lgan, O'zbekiston nomi ostida birlashgan bir hududda yashab turib nimani talashyapsiz? Uyalish kerak bundan! Yaxshi ham chet elliklar saytdagi fikrlarni tarjima qilib maqola qilishmaydi. Vaholangki, qo'shni davlatlardan juda ko'pchilik saytimizga tashrif buyurar ekanlar. Buni futzal musobaqasida ko'rdik. Uyat emasmi ularni oldida? OCHLda qatnashayotgan jamoalarga nomiga omad tilab, yutqazsa ustida mag'zava ag'darish odat tusiga aylandi. 4ta jamoa eplay olmagan ishni, oliy ligada 4ta jamoa qatoriga kuch jihatidan ham kira olmagan jamoalarimizni arablarni yutib kelishiga o'zingiz ishonasizmi? 

Saytda faqat "men", borman desangiz katta xato qilasiz. Ko'p viloyatlarni kezamiz, hokimiyatdan o'qishadi, ichki ishlardan o'qishadi, shifokorlar, olimlar o'qishadi. Fan arboblari saytga tashrif buyuradilar. El hurmatidagi kishilar doimiy o'quvchilarimiz. Ularni oldida saytni mana shunday "komentlar" bilan tushirib qo'yish niyatimiz yo'q. Bunga yo'l qo'ymaymiz ham. 50 nafar "koment"chidan, "koment" qoldirmaydigan, ammo muntazam o'quvchimiz bo'lgan o'n minglab o'quvchilarimizning manfaatini ustun qo'yamiz. Bugun saytga kuniga 100 000 nafarga yaqin o'quvchi kiradi. Bu kichik auditoriya emas! Internetdan to'g'ri foydalaning, aks holda biz uchun emas, o'zingiz uchun qimmatga tushib qolishi mumkin! "Ko'za kunda emas¸ Kunidaëq sinadi"...

Sayt o'z ananasiga sodiq qoladi. "Koment"da haqorat va kamsitish bo'ladimi - "blok".

Yana bir holatga etiboringizni qaratamiz. Avvalo jan-jalni kimdan boshlanganini boshidan o'rganib chiqamiz. Agar Siz boshlamagan bo'lsangiz-u, keyin boshlashga majbur qilishgan bo'lsa ham yuqoridagi qoida amalda bo'ladi. Qo'l siltab qo'ygan o'quvchigina bu vaziyatda g'olib sanaladi. Mag'lublar esa "blok" bo'ladi. 

Oliy ligani chiroyli o'tishi bizga ham bog'liq. Yaxshisi shunday muxlis bo'ling, o'zbek futbolchisi oldingizga kelib tiz cho'ksin. Omon bo'ling, asabni asrang! U ketsa, na Messi, na Ronaldu sizga qaytib bera olmaydi.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +72   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика