So’nggi yangiliklar

20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  1 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  1 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0 17:52"Вильярреал" ҳимоячиси АПЛга кўчиб ўтади  0 17:30Валерий Кичин: "Александр Крестининнинг қўнғироғидан сўнг "Локомотив"га ўтишим ҳал бўлди"  0 17:00Ханданович "Интер" ўсмирлар жамоасида иш бошлади  0 16:41Эшитдик-да! Ўзбекистон ОТЖ сардори Жасур Жалолиддинов тез орада легионерга айланади  20 16:25"Рома" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 16:01Дилшод Жўраев: "Ҳозирги кунда "Бунёдкор" ва "Локомотив" турнир жадвалида ўзига ярашадиган ўринда эмас"  5 15:28Дани Ольмо "Барселона" таклифини қабул қилди  7 15:00Расман: "Боруссия" Германия термаси ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 14:41Ўзбекистон футзал терма жамоаси Францияга қарши ўйнайди  1

SHafqatsiz mundial Yangiliklar

SHafqatsiz mundial

Teglar :  JCH-2018
Futbol bo'yicha har to'rt yilda bir marta terma jamoalar o'rtasida jahon chempionati o'tkaziladi.

Siz bilan biz ayni damda Rossiya yashil maydonlarida o'tayotgan XXI jahon chempionatiga guvoh bo'layapmiz. Bu chempionat shu qadar mashhurki, shu qadar jozibadorki, o'ziga barchani rom eta oladi. Qaysi terma jamoa tarixda necha marta chempion bo'lgani,  necha marta yutqazgani, kim  bilan kim klubdosh ekanligi bu turnirda ahamiyatsiz, raqibmi tamom, maydonda barchasi unutiladi. Bu chempionat shu qadar shafqatsizki, kim necha marta oltin to'p olgani, kim o'z qitasida tengsiz bo'lgani, kim dunyoning eng kuchli futbolchisi ekanligiga qarab o'tirmaydi. Terma jamoasi imkoniyatni boy berdimi, o'sha futbolchiga chiqish eshiklari ko'rsatiladi.

Rossiya yashil maydonlarida o'tadigan JCH-2018ga biz butun mavsum davomida muxlislik qilgan, o'yinlaridan zavq olgan va xayratlangan Muhammad Salah keldi. Guruh bosqichi yakuniga etdi va Salah chempionatni tark etdi, shafqatsiz chempionat bizni uning o'yinlaridan zavq olishga malum bir vaqtgacha mahrum qildi.

JCH-2018ga  amaldagi jahon chempioni, Konfederaciyalar kubogi g'olibi  Germaniya terma jamoasi keldi. Bu terma jamoada biz bilgan va tanigan, muxlislik qilgan Myuller, Kross, O'zil kabi mashhurlar keldi. Guruh bosqichining so'ngi o'yinida qitadoshlarimiz Janubiy Koreya Germaniyaning amaldagi chempion ekanligiga qarab o'tirmadi, o'z o'yinini ko'rsatdi va natijaga ko'ra Germaniya mundialni tark etdi, biz bilgan mashhurlar ham.

Mundialga Argentina terma jamoasi tarkibida  Messi, Aguero, Di Mariya kabi futbolni sanat darajasida ijro etuvchilar keldi. Guruh bosqichidan chiqishdi, nimchorak finalda ularning qarshisida Franciya terma jamoasi chiqdi va ularni shu bosqichdayoq to'xtatdi. Eni biz kutamiz, kutishga majburmiz, Messining o'yinlaridan zavq olishimiz yana ozroq kutamiz. JCH-2018ning qolgan qismini beshta "Oltin to'p" sohibi Messisiz ko'rishga majburmiz.

Rossiya yashil maydonlarida o'tayotgan mundialga Evropa chempioni Portugaliya keldi. Bu terma jamoa tarkibida "Real Madrid" safida ketma-ket 3 marta ECHLni yutgan Ronaldu keldi. Portugaliya guruhdan chiqdi, nimchorak finalda Urugvayga ro'baro keldi va engildi. Endi mundialda Ronaldu ham yo'q, yuqorida aytganimizdek uning o'yinlarini ko'rish uchun yana kutishga majburmiz. Ha aytgancha, Messi-Ronaldu qarama-qarshiligi shu mundialda ham davom etdi, Messi yo'q joyda menga nima bor deb, ortidan Ronaldu ham ketdi, ular mundialni bir kunda tark etishdi.

SHafqatsiz chempionatni yana ko'plab nomlar tark etdi, biz ularni snab o'tirmadik, chunki shundoq ham tushunib, ko'rib-kuzatib turibsiz barchasini. Har doim jahon chempionatida biz turnir bir qator yangi nomlarni, kashfiyotlarni aniqlaydi. SHulardan biri hozirdanoq malum, bu Franciya terma jamoasi tarkibida harakat qilayotgan Benjamin Pavar. SHu futbolchini siz tanirmidingiz? SHaxsan men eshitmagan ekanman yoki eslay olmadim.

Ha, mundialni buyuk futbolchilar asta-sekin tark etmoqda. Bu bilan biz bu chempionat jozibasini yo'qotdi deyishdan yiroqmiz. Nega deganda bu jahon chempionati, bu erda o'tkaziladigan uchrashuvlarning ahamiyati shu qadar yuqoriki, qancha tariflasak, qancha gapirsak oz. Siz mundialni ko'rishda davom eting,  ayni damda chempionat eng qizg'in pallasida!        

Bekzod Tolibov


Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика