Sezar Aspilikueta: "Biz "Valensiya"ni mag'lub etishimiz shart. Bu o'yin biz uchun finalga teng"
25 noy 2019 22:57
Yangiliklar


Sezar Aspilikueta: "Biz "Valensiya"ni mag'lub etishimiz shart. Bu o'yin biz uchun finalga teng"
Londonning "CHelsi" klubi himoyachisi Sezar Aspilikueta ECHL 5-turidan o'rin olgan "Valensiya"ga qarshi uchrashuvdan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Valensiya"ni mag'lub etishimiz shart. Bizda pley-offga chiqish uchun ajoyib imkoniyat bor.
Mazkur o'yinni final sifatida qabul qilishimiz va olg'a borishimiz kerak. Bizni birinchi uchrashuvda "Stemford Brij"da mag'lub etgan jamoaga qarshi o'ynaymiz. Navbatdagi uchrashuvlarning har birida g'alaba qozonishimiz kerak, har bir uchrashuv biz uchun finalga teng" - deydi ispaniyalik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, ECHLning ortda qolgan 4 turidan keyin "CHelsi", "Valensiya" va "Ayaks" klublarining barchasida 7 ochko bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar