"Sevilya"ga "Real" futbolchisi kerak
25 iyu 2020 21:16
Yangiliklar
"Sevilya"ga "Real" futbolchisi kerak
Madridning "Real" klubi hujumkor yarim himoyachisi Takefusa Kubo faoliyatini "Sevilya"da davom ettirishi mumkin, deb xabar qildi Marca.
Andalusiyaliklar rahbariyati yaponiyalik o'yinchini ijaraga olishni rejalashtirgan. Bu borada "Qirollik klubi" mutasaddilari bilan muzokaralar boshlab yuborildi.
Eslatib o'tamiz, 19 yoshli Kubo o'tgan mavsumni "Malorka"da o'tkazdi (ijara asosida). U Ispaniya primerasida 35 ta uchrashuv o'tkazib, 4 tadan gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar