"Sevilya" va "Borussiya" Dileyni bo'yicha kelishuvga erishishdi
25 avg 2021 07:28
Yangiliklar
"Sevilya" va "Borussiya" Dileyni bo'yicha kelishuvga erishishdi
"Sevilya" Dortmundning "Borussiya" klubi bilan daniyalik yarim himoyachi Tomas Dileyni borasida kelishuvga erishdi.
Dortmundliklar sevilyaliklar bilan birdan uchrashishmadi. Nemislar dastlab o'rta chiziq vakilining sotuvidan 10 million evro olmoqchi edi, ispanlar esa o'sha paytda ikki baravar kam to'lashga tayyor edi.
Futbolchining o'zi bir necha kun oldin "Sevilya" bilan shartnomaning barcha detallarini kelishib oldi. O'yinchi tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Andalusiya poytaxtiga kelgan.
Tomas Dileyni "Borussiya"da 2018 yildan beri o'ynaydi. U "arilar" safida umumiy 58ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishgan.
Fikrlar