"Sevilya" "Portu" yarim himoyachisi Korona bilan shartnoma imzolamoqchi
12 jan 2022 18:04
Yangiliklar
"Sevilya" "Portu" yarim himoyachisi Korona bilan shartnoma imzolamoqchi
"Sevilya" "Portu" yarim himoyachisi Xesus Koronaga qiziqmoqda.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, ispan klubi 29 yoshli meksikalik bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi va Portugaliya jamoasi bilan transferning narxi borasida kelishishga urinmoqda.
Korona 2021/22 yilgi mavsum "Portu" tarkibida 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.
Transfermarkt o'yinchini 22 million evroga baholamoqda.
Fikrlar