"Sevilya" Munirni 9 mln evroga sotishga tayyor

Alisher
9 iyul 2021, 15:12
"Sevilya" hujumchisi Munir El-Xaddadi ushbu transfer oynasida jamoadan ketishi mumkin.

Andalusiyaliklar o'yinchini to'qqiz million evro evaziga sotishga tayyorlar.

"Sevilya" ustozi Xulen Lopetegi kelasi mavsum marokashlikka ishonch bildirmayapti, shu sabab klub rahbariyati o'yinchi bilan xayrlashmoqchi. Ammo, rahbarlar uni La Ligada o'ynamaydigan jamoaga qo'yib yuborishmoqchi.

"Barselona" tarbiyalanuvchisi uchun bosh da'vogarlar "Xetafe" va "Alaves"dir. Shuningdek futbolchiga turk va ingliz klublaridan ham qiziqish mavjud.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo