"Sevilya" Kundening transferi borasida o'z talablarini tushirishga tayyor

Alisher
17 dek 2021, 16:31
"Sevilya" himoyachi Jyul Kundening transferi borasida o'z talablarini tushirishga tayyor.

Oldin 23 yoshli fransiyalik futbolchi uchun 80 million evro talab qilgan ispan klubi endi futbolchini 50dan 60 mln evroga qadar sotishni muhokama qilishga tayyor.

O'yinchi uchun bosh da'vogar Londonning "Chelsi" klubi hisoblanadi.

Kunde 2021/22 yilgi mavsum "Sevilya" tarkibida 20ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN