"Sevilya" Gomes bo'yicha taklif berdi
23 jan 2021 13:38
Yangiliklar


"Sevilya" Gomes bo'yicha taklif berdi
"Sevilya" rahbariyati "Atalanta" bilan argentinalik forvard Alexandro Gomes bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Andalusiyaliklar bergamoliklarga taklif berdi. Ispanlar 32 yoshli o'yinchi uchun 5-6 million evro to'lashga tayyorlar.
Eslatib o'tamiz, Gomes jamoa bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini bilan kelishmovchiligi sabab "Atalanta" tarkibidan chetlatilgan edi.
Alexandro joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar