Serxio Ramosga Yevropa grandlari hamda Osiyo jamoasi qiziqmoqda

Eldor Akmurzayev
24 may 2019, 22:17
Real himoyachisi Serxio Ramosga bir qator jamoalar qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi AS.

Uning o'zi esa YCHLda Ayaksga mag'lub bo'lgan o'yindan so'ng kiyim almashtirish xonasida Florentino Peres bilan yuzaga kelgan janjal sabab klubdan ketishni o'ylayotgani haqida xabar bergandik.

Manbaning ma'lum qilishicha, ispaniyalik himoyachiga Angliyaning – Manchester Yunayted hamda Liverpul jamoalari ko'z tikmoqda. Shuningdek, Yuventus vakillar ham muzokaralar o'tkazishga tayyor. 33 yoshli futbolchiga Xitoy jamoasi tomonidan ham qiziqish bildirilgan. 

Eslatib o'tamiz, blankoslar sardorining klub bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan va uning transfer narxi 30 mln. evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS