Serxio Ramos uchun ikki klub kurashmoqda
16 fev 2021 11:57
Yangiliklar


Serxio Ramos uchun ikki klub kurashmoqda
Madridning "Real" klubi sardori va himoyachisi Serxio Ramos yozgi transferlar oynasida ispan grandidan ketadi.
34 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun bosh davogarlar PSJ va "Manchester Yunayted" hisoblanadi.
Ramosning "Real" bilan shartnomasi yakuniga etmoqda, tomonlar yangi bitim borasida kelisha olishmayapti.
Serxio 2005 yildan beri "qirollik klubi"da o'ynaydi. Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar