Serxio Ramos: "PSJ bildirgan ishonchni oqlamoqchiman. Boshqa jarohat olmayman deb umid qilaman"
27 noy 2021 23:54
Yangiliklar
Serxio Ramos: "PSJ bildirgan ishonchni oqlamoqchiman. Boshqa jarohat olmayman deb umid qilaman"
Futbolchi klubdan minnatdor va ishga jiddiy kirishmoqchi.
PSJ himoyachisi Serxio Ramos og'ir jarohatdan qutilishda yuzaga kelgan qiyinchiliklar haqida gapirdi.
"Insonda qiyin paytlar bo'ladi. Yolg'izlikda bo'lasan, soatlab zalda fizioterapevt yordamida shug'ullanishing, fitness murabbiy bilan mashq qilishing kerak bo'ladi. Yomon hayollar muntazam ravishda miyyangda aylanadi. O'zinga bo'lgan ishonching so'nishni boshlaydi.
Men o'zimga ishondim va qattiq mehnat qildim. Endi chin dildan ishga kirishdim. PSJ bildirgan ishonchni oqlamoqchiman. O'zimning yuqori formamga qaytaman deb umid qilaman.
Yana 4-5 yil o'ynash niyatidaman. Eng muhimi mening ruhiyatimda hammasi o'z joyida. Boshqa jarohat olmayman deb umid qilaman", -deydi Serxio Ramos.
Fikrlar