Serxio Ramos: "Hech qachon "Real" o'ldi deb o'ylash kerak emas"

Aslanov Jasurbek
15 fev 2018, 12:10
"Real" himoyachisi Serxio Ramosning so'zlariga ko'ra, uning jamoasi doimo raqib uchun xavf tug'dirishga qodir.

Bu haqda futbolchi PSJga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final ilk o'yinidan (3:1) so'ng aytdi.

"Bunday kechalar esda saqlanib qoladi. "Real" javob o'yinidan oldin muhim g'alabaga erishdi. Shunday jiddiy o'ynab, Chempionlar ligasidagi muvffaqiyatni takrorlashga intilish lozim. "Real" adolatli g'alabaga erishdi deb o'ylayman. Biroq har qanday xato seni turnirdan chiqarib yuborishi mumkin. Shu sababli javob o'yinida juda e'tiborli bo'lishimiz kerak. Hech qachon "Real" o'ldi deb o'ylash kerak emas" - deydi Ramos.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi javob o'yini 6 mart kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca