Ramos JCH-2026da o'ynashni istamoqda. 39 yoshli himoyachi "Monterrey"ni tark etib, qishda Evropaga qaytmoqchi
29 noy 11:47
Yangiliklar
Ramos JCH-2026da o'ynashni istamoqda. 39 yoshli himoyachi "Monterrey"ni tark etib, qishda Evropaga qaytmoqchi
As nashrining El Chiringuito nashriga tayanib xabar berishicha, himoyachi meksikaliklar safini tark etishga qaror qilgan, ammo faoliyatini yakunlamoqchi emas. U Ispaniyada yoki agar uni qoniqtiradigan taklif olsa, Evropaning boshqa davlati klubida o'ynashni xohlaydi.
Qayd etilishicha, Ramosning qaroriga ikki omil tasir ko'rsatgan: birinchisi - uning oilasi uchun Pireney yarimorolida Meksikaga qaraganda qulayroq, ikkinchisi - milliy jamoa safida jahon chempionatida o'ynash istagi.
39 yoshli futbolchi yuqori saviyada va ispancha uslubga yaqin bo'lgan chempionatda muntazam o'ynasa, Evropa chempionlari bosh murabbiyi Luis de la Fuenteni uning nomzodini ko'rib chiqishga ko'ndira olishiga ishonmoqda.
Ramos so'nggi marta 2021 yilda Ispaniya terma jamoasida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar