Server Jeparov: “championat.asia – eng yaxshi sayt”
02 dek 2013 14:00
Yangiliklar

Server Jeparov: “championat.asia – eng yaxshi sayt”
Terma jamoamiz sardori Server Jeparov sovg'a bilan kelishni maqul ko'rdi.
SHou-o'yin yakuniga etgach, u loyiha rahbari Nodirxo'ja Yuldashevga to'p sovg'a qildi. Biz esa fursatdan foydalanib, undan qisqacha tabrik so'zlarini eshitdik.
- championat.asianing uch yoshga kirgani bilan tabriklayman. Oxirgi yillarda internet ancha kuchaydi, saytlarga bo'lgan etibor oshdi. championat.asia sayti mana shu uch yil ichida ko'p ishlarni amalga oshirdi. Xabar va yangiliklarni ham rus, ham o'zbek tilida tezkor etkazishi bilan ajralib turdi. Qisqa vaqt ichida eng tezkor sayt darajasiga chiqdi. Men ham boshqalar qatori saytning tug'ilgan kuni bilan tabriklayman.
- Siz uchun championat.asia qanday ahamiyatga ega?
- Saytning qadri futbolchi chetda o'ynaganda juda bilinadi. Masalan, o'zimizda o'ynab xabarlarni u-bu kimdan, atrofdagilardan eshitib turish mumkin, lekin chetga chiqqaningda yagona qadrdoning faqat sayt bo'ladi. Men Koreyadaligimda saytga kirib xabarlarni, intervyularni o'qiyman va go'yoki o'zimni O'zbekistonda yurgandek his qilaman. championat.asia sayti orqali deyarli hamma gapdan xabardorman deb ayta olaman.
Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.

Fikrlar