Server Jeparov: "Yoshligimda futzal o'ynaganman"
02 dek 2015 21:00
Yangiliklar
Server Jeparov: "Yoshligimda futzal o'ynaganman"
Bugun futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga qura tashlandi.
Qura jarayonida Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi, O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparov ishtirok etdi. Hamyurtimiz futzal haqida qisqacha o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Yoshligimda futzalda ham o'zimni sinab ko'rganman. Biroq katta futbol menga ko'proq yoqib qolgani uchun futbolchi bo'lishga qaror qilganman. Balki katta futboldagi faoliyatimni tugatgach futzal terma jamoasida o'ynarman", - deydi Jeparov.
Eslatib o'tamiz, 2016 fevral oyida Toshkentda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida O'zbekiston futzal terma jamoasi Livan, Qirg'iziston va Saudiya Arabistoni bilan bir guruhda kurash olib boradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar