So’nggi yangiliklar

16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  35 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  6 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  8 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  0 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  11 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  10 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  1 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  49 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  14 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  8

Server Jeparov: "Saudiya Arabistoni evropalik murabbiylar evaziga kuchaymoqda" Yangiliklar

Server Jeparov: "Saudiya Arabistoni evropalik murabbiylar evaziga kuchaymoqda"

Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoasi 14 noyabr kuni Saudiya Arabistoni, 19 noyabrda esa Falastin bilan JCH-2022 saralashi doirasidagi o'yinlarda maydonga tushadi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi safida o'yin o'tkazish bo'yicha mutlaq rekordchi bo'lib turgan, yaqindagina yangi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan Server Jeparov bilan Saudiya Arabistoni bilan bahsdan oldin suhbatlashdik.

- 2011-2013 yillarda Saudiya Arabistonida, "Al SHabab" klubida faoliyat olib borgansiz. Saudiya Arabistoni terma jamoasi haqida nimalar deya olasiz? Ularning futbolchilari bilan biznikilar o'rtasida qanday farq bor?

- Men Saudiya Arabistonida o'ynaganimga juda ko'p bo'ldi. Oradan ancha vaqt o'tdi. SHu bois Hozirgi terma jamoa haqida ko'p ham malumotga ega emasman. O'zbekistonlik va saudiyalik futbolchilar o'rtasida juda ham katta farq yo'q deb o'ylayman. Ammo ularda mahalliy chempionati juda ham yuqori saviyada ekanini takidlash lozim. O'zingiz ham ko'rayotgan bo'lsangiz kerak "Al Hilol", "Al Ahli", "Al Ittihod" kabi klublarda kuchli va tajribali legionerlar o'ynashmoqda. Bundan tashqari taxminan 15 yildan buyon evropalik murabbiylar ishlab kelishmoqda. Xorijlik murabbiylar yordamida mahalliy futbolchilar o'sishmoqda, rivojlanishmoqda. Saudiyalik futbolchilar texnik tomonlama yaxshi ko'rsatkichlarga ega, taktik tomonlama ham yaxshi saviyaga ega.



- Xabaringiz bo'lsa kerak Erve Renar boshchiligidagi Saudiya Arabistoni terma jamoasi JCH-2022 saralashida kutilmaganda ikkita durang qayd etdi. SHundan keyin mahalliy jurnalistlar terma jamoaning natijalari pasayishiga milliy chempionatda legionerlar sonining juda ko'pligini sabab qilib yozishdi. Bugungi kunda Saudiya Arabistoni chempionatida ishtirok etuvchi klublar yil boshida 6 nafar xorijlik futbolchini ro'yxatdan o'tkaza olishadi. Sizningcha legionerlarning ko'pligi terma jamoa o'yiniga tasir qiladimi?
- Menimcha bu narsa terma jamoaga ko'p ham tasir qilmasa kerak. Sababi klubda kuchli xorijlik legioner o'ynayaptimi mahalliy futbolchilar unga etishga harakat qilishadi va natijada futbolchi sifatida o'sishadi, professional bo'lishni o'rganishadi.

- Toshkentda sovuq kunlar boshlanib ketdi. Saudiyalik futbolchilar sovuqni yomon ko'rishishlari aniq...

- Yo'q, ular sovuqni juda ham yomon ko'rishadi (kuladi). U erda doim issiq bo'lgani uchun sovuqda futbol o'ynash uchun ancha qiyin bo'ladi.

- Demak, sovuq havo bizning terma jamoamiz uchun kattagina ustunlik beradimi?

- Juda katta emas-ku, ammo qandaydir ustunlik beradi albatta. Sababi bizning yigitlar kerak bo'lsa qorda ham futbol o'ynashgan.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика