Server Jeparov: "Lokomotiv" bilan birga ekanligimdan xursandman"
08 jan 2016 21:46
Yangiliklar


Server Jeparov: "Lokomotiv" bilan birga ekanligimdan xursandman"
Yaqinda Toshkentning "Lokomotiv" klubi bilan shartnoma tuzgan Server Jeparov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yangi mavsumga Toshkentning "Lokomotiv" safida tayyorgarlik ko'rayapman. Bu erga o'z ishining ustalari jamlangan. Futbolchilar ham yurtimizda etakchi hisoblanadi. Bu jamoa bilan birga ekanligimdan xursandman. Klub bilan bir yillik shartnoma tuzdim. Kelishuvda shunday band borki, agar xorij chempionatlaridan yaxshi taklif tushsa "Lokomotiv" meni qo'yib yuboradi", - deydi Jeparov.
Eslatib o'tamiz, Jeparov 5 yillik tanaffusdan so'ng O'zbekiston chempionatiga qaytdi. Uning so'nggi klubi Janubiy Koreyaning "Ulsan Xyunday" klubi bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar