So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Server Jeparov faoliyatidagi 9 klub FOTOGALEREYA Yangiliklar

Server Jeparov faoliyatidagi 9 klub FOTOGALEREYA

O'zbekiston terma jamoasi safida o'yin o'tkazish bo'yicha rekordchi Server Jeparov Eronning “Istiqlol” klubiga ko'chib o'tdi.
Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi uchun bu professional faoliyatidagi to'qqizinchi klubga aylandi.

Biz o'quvchilarimizga Jeparovning barcha klublarini eslatib o'tamiz.

1982 yilda tug'ilgan Serverning proffesional faoliyati Namanganning “Navbahor” klubida boshlangan. 2000-2001 yillarda futbolchi 46 o'yinda raqib darvozasiga 7ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Afsuski futbolchining "lochinlar" safida tushgan rasmlarini topa olmadik. SHunday ishonishga to'g'ri keladi.



2002 yil boshida qahramonimiz Toshkentning “Paxtakor” klubiga ko'chib o'tgandi. Takidlash lozimki, “sherlar” safida Jeparov juda ko'plab sovrinlarga ega chiqqan. 2002-2007 yillarda ketma-ket olti marta O'zbekiston chempioni va O'zbekiston kubogi sohibi bo'lgan Jeparov ikki bor Osiyo CHempionlar ligasi yarim finaliga qadar etib borgan. 2007 yilda MDH kubogida g'olib chiqqan.



“Paxtakor” safida 6 yillik faoliyatdan so'ng Jeparov Toshkentning boshqa bir klubi “Bunyodkor”ga o'tdi. Yarim himoyachi “qaldirg'ochlar” tarkibida ham O'zbekiston chempioni (2 marta) va O'zbekiston kubogi (1 marta) sohibi bo'ldi. Ilk mavsumdayoq yarim himoyachi 19ta gol bilan oliy liga to'purariga aylandi.



2008 yil Jeparov o'z faoliyatidagi eng katta sovrinlardan birini qo'lga kiritdi. Uni Osiyo qitasining eng yaxshi futbolchisi deb topishdi. O'sha yil Server “Bunyodkor” bilan birga OFK CHempionlar ligasi yarim finaliga qadar etib borgandi.  



2010 yilning iyul oyida “Bunyodkor” Jeparovni Janubiy Koreyaning “Seul” klubiga ijaraga bergan. O'sha yil oxiriga qadar yarim himoyachimiz K-Ligada 16ta o'yin o'tkazgan, “Seul” esa 10 yillik tanaffusdan so'ng mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi.



2011 yil fevralida Janubiy Koreya klubi Jeparovni to'liq sotib olganini elon qildi va 3 yillik shartnoma tuzdi. Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra uning transferi koreys klubiga 850000 AQSH dollariga tushgan. O'sha yil oxirida OFK Jeparovni ikkinchi marta Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topdi.



Biroq futbolchimiz Koreyada 3 yil qolgani yo'q. Sababi o'sha yilning yozida Saudiya Arabistonining “Al SHabab” klubi Jeparovni o'z safiga qo'shib oldi. 2011 yilning 9 iyulida o'zbekistonlik yarim himoyachi arab klubiga ko'chib o'tgani elon qilindi. “SHabab” Server uchun “Seul”ga 2700000 AQSH dollari to'lagani xabar qilingandi.



Jeparov dastlabki mavsumda “Al SHabab” safida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Jamoa Saudiya Arabistoni chempioni bo'ldi. Yil so'nggida esa qahramonimizning o'zi Osiyoda ikkinchi bor tengsiz bo'lgandi. Ikkinchi mavsumda murabbiy hamyurtimizga ishonch bildirmadi. SHu sababli u faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga majbur bo'ldi.



2013 yilning fevralida O'zbekiston terma jamoasi sardori Janubiy Koreyaning “Seongnam Ilva CHunma” klubi azosiga aylandi. Bu klub safida Jeparov Koreya Futbol Associaciyasi kubogida zafar quchdi.



2015 yilgi Osiyo Kubogidan so'ng o'zbekistonlik futbolchi “Ulsan Xyunday” klubi bilan shartnoma tuzdi. Jeparov “Ulsan” safida bir yil faoliyat olib bordi.



2016 yil boshida yarim himoyachi O'zbekistonga qaytib Toshkentning "Lokomotiv" klubi bilan shartnoma tuzdi. Server "temiryo'lchilar" bilan birga O'zbekiston chempioni bo'ldi va O'zbekiston kubogi sohibiga aylandi.



Yangi sarguzashtlarni xush ko'ruvchi Jeparov Eron chempionatida o'ynashga qaror qildi va Tehronning "Istiqlol" klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi. Jeparovga yangi klubida omad tilaymiz.




Narzulla Saydullaev
Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика