Server Jeparov 963 kundan so'ng O'zbekiston chempionatida gol urdi
30 mar 2019 13:11
Yangiliklar


Server Jeparov 963 kundan so'ng O'zbekiston chempionatida gol urdi
Kecha O'zbekiston Superligasi 2-turida "Meallurg" o'z maydonida "Buxoro"ni mag'lub etdi - 2:0.
Ushbu o'yinda tajribali yarim himoyachi Server Jeparov penaltidan gol urdi. SHu tariqa Jeparov 2 yil, 7 oy va 21 kundan (yoki 963 kun) so'ng yana O'zbekiston chempionatida to'p kiritdi.
So'nggi marta u 2016 yil 8 avgust kuni "Lokomotiv" safida "Andijon" darvozasiga gol urgan edi.
Malumot uchun, Jeparov kecha O'zbekiston chempionatida o'zining 98-golini urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar