Serji Roberto maoshining kamayishiga rozi va shartnomani 2 yilga uzaytiradi
18 avg 2021 09:58
Yangiliklar
Serji Roberto maoshining kamayishiga rozi va shartnomani 2 yilga uzaytiradi
Himoyachi Serji Roberto klubdagi og'ir moliyaviy ahvol fonida "Barselona"ga yangi shartnoma bo'yicha yon berishga tayyor.
O'yinchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
29 yoshli futbolchi Kataloniya jamoasida maoshi tushishiga rozi bo'ldi. Yangi bitim borasidagi muzokaralar belgilangan - shartnoma oy oxirigacha imzolanishi kutilmoqda.
Bitim ikki mavsumga uzaytiriladi - 2024 yilning iyuniga qadar. Serji Roberto - "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi, u birinchi jamoada 2010/11 yilgi mavsumda debyut qilgan.
Fikrlar