Sergey Semak SHomurodovning o'yiniga baho berdi
17 okt 2019 21:30
Yangiliklar
Sergey Semak SHomurodovning o'yiniga baho berdi
"Zenit" bosh murabbiyi Sergey Semak "Rostov" hujumchisi Eldor SHomurodovning ko'rsatayotgan o'yinlariga to'xtalib o'tdi.
"Eldor yuqori darajada o'yin ko'rsatmoqda, uning yakunlovchi zarbasi, harakatlari va jamoa uchun qilayotgan mehnati hammasi ajoyib. "Rostov"ning barcha hujumchilari katta hajmdagi ishni bajarishadi va bu jamoaning o'yiniga muvozanat qo'shib turadi. SHomurodovga kelsam, u mavsum boshidan beri juda yaxshi o'ynamoqda, Rossiya chempionatining to'purarlaridan biri hisoblanadi. Eldor muxlislarini xursand qilishda davom etmoqda", — deydi Semak.
Eslatib o'tamiz, Rossiya chempionatining 13-turida peshqadamlar “Zenit” hamda “Rostov” o'zaro to'qnashadi. Uchrashuv 19 oktyabr kuni soat 21:00da bo'lib o'tadi.
Fikrlar