So’nggi yangiliklar

14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  2 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   3 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7

Sergey Lushchan: "Qizil kartochka, xatolar va amalga oshirilmagan penalti barchasi yaxshilikka" Yangiliklar

Sergey Lushchan: "Qizil kartochka, xatolar va amalga oshirilmagan penalti barchasi yaxshilikka"

O'zbekiston kubogi yarim final doirasida o'tkazilgan "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida.

- Hech qanday aqlli va yangi gap aytgim kelmayapti, shunchaki jamoamga rahmat aytaman. Bir kishi kam bo'lib qolgan holda g'alaba qozondik. Jamoaga aloqador insonlarga va muxlislarga katta rahmat. "Jar" stadioni bugun to'ldi menimcha. Bugungi bayramning asosiy sababchilari - futbolchilar. Deyarli barcha ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi, faqatgina bir-ikkita vaziyatda xatolarga yo'l qo'ygan bo'lishimiz mumkin. "Paxtakor"ga qarshi bir kishi kam bo'lib o'ynash juda qiyin. Namoyish etgan o'yinimizdan va natijadan ham qoniqdim.

- Farruh Sayfievning qizil kartochkasi jamoani ko'proq himoyalanishga majbur qilib qo'ydi. Ekstra-taymlarda jamoangizni qanday ruhlantirdingiz?

- Futbolchilarga qandaydir qo'shimcha motivaciya berish kerakmasdi. Ularni shunchaki tinchlantirish kerak edi, xolos. Qizil kartochkadan oldin futbolchilar hissiyotlarga to'lib ketgandi va hattoki bir-birlarini eshitishmayotgandi. Sayfievga ikki barobarlik bonus beramiz. Bunday o'yinlarda o'z hissiyotlarini jilovlashni bilishi kerak. "Paxtakor" uchta yaxshi vaziyatga ega bo'ldi, ammo ulardan foydalana olmadi. Penaltilar seriyasi esa - lotereya. Biz g'alaba qozondik va men hech nima qo'shimcha qilmayman.

- "Navbahor" birinchi bo'limda to'pga ko'proq egalik qildi, ammo ikkinchi bo'limda va chetlatishdan so'ng jamoangiz ko'proq himoyaga etibor qaratdi. "Paxtakor" ham o'zining yaqqol vaziyatlaridan foydalana olmadi. Bugungi uchrashuvda va ayniqsa ekstra taymlarda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolganiga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Biz ketma-ket ikkinchi uchrashuvni ikkinchi raqamli jamoa bo'lib o'tkazmoqdamiz. Ushbu reja hozircha ish beryapti. Futbolchilarga ham ushbu fikrni etkazmoqchi bo'lyapman. "Paxtakor" juda ko'p vaziyatlarga ega bo'ldi demagan bo'lardim, faqatgina CHeranning vaziyati 100% golga tortar edi. "Paxtakor" jamoasi hali yosh va kelajakda yanada kuchliroq bo'lishlariga shubha qilmayman. O'yingacha tayyorgarlik jarayonida ko'proq ruhiyat ustida ishladik. Sir emas, bizda realizaciya bilan muammolar bor. Ushbu muammolarni tezroq hal etishimiz kerak. Mashg'ulotlarda barchasi alo, ammo o'yinda ko'p narsa o'xshamayotgandi. Sekin-astalik bilan muammolarimizni hal etamiz degan umiddaman. So'nggi ikki uchrashuvda g'alaba qozondik va umid qilamanki, keyingi uchrashuvlarda ham shunday bo'ladi.

- Futbol jamoatchiligi bugungi uchrashuvni finaldan oldingi final deb atayotgan edi. Ushbu fikrlarga munosabatingizni bildirib o'tsangiz?

- Yo'q. To'g'ri, bu juda muhim uchrashuv edi, ammo final baribir boshqacha. Jamoalar nomi o'yin ahamiyatini biroz ko'paytirgan bo'lishi mumkin, lekin ikkinchi juftlik "Andijon" - "Surxon" jamoalari ham juda kuchli hisoblanishadi. Barchasi hali oldinda. Final - eng muhim uchrashuv. Final bahsi barcha futbolchining yodida qoladi. Umid qilamanki, final uchrashuviga qadar "lazaret"imiz biroz bo'shaydi.

- Penaltilar seriyasida kim zarba berishini qanday aniqladingizlar? Seriyada yosh futbolchi Navruz Iminjonov o'z imkoniyatidan unumli foydalandi.

- Biz shunchaki penaltilarni mashq qildik. CHorak final bahsidan oldin ham 11 metrlik zarbalari bilan shug'ullangandik. Ikki hafta davomida har bir mashg'ulotdan so'ng penaltilar bilan band edik. Raqib jamoasi ham penaltilarni mashq qilgani shubhasiz. Filipp Ivanovich seriyada o'z imkoniyatidan foydalana olmadi, ammo mashg'ulotlarda u umuman xato qilmasdi. Bu shunchaki ruhiyatga bog'liq. Nima sodir bo'lgan bo'lsa, barchasiga yaxshilikka. Qizil kartochka, xatolar va amalga oshirilmagan penalti barchasi yaxshilikka. Biz bugun g'alaba qozondik va qolgani meni qiziqtirmaydi.

- Farg'ona vodiysining ikki jamoasi finalda ishtirok etadigan bo'ldi. Final ham Farg'onada o'tkaziladi. Bugun "Navbahor" jamoasining muxlislari hujumchi Toma Tabatadzeni maydonda kutishgandi, ammo u zaxirada qoldirildi. Gruziyalik futbolchini finalda ko'rishimiz mumkinmi?

- Umid qilamanki, ha. Finalga qadar Toma tayyor bo'lib qolishi kerak. U yaqindagina jamoaga qo'shildi. Umumiy guruhga qo'shilganiga bor-yo'g'i uch kun bo'ldi. U hali tayyor emas. Tabatadze kabi tajribali futbolchi barcha jamoaga kerak, ammo o'yin tempi bunga yo'l qo'ymadi. Agar o'yin boshqacharoq kechganida, uni zaxiradan maydonga tushirish rejamiz bor edi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика