So’nggi yangiliklar

14:20Факт: "Хоразм" 21-асрда меҳмонда "Сўғдиёна"ни ютмаган  0 13:55"Милан" собиқ ҳимоячиси "Юве Стабиа" бош мураббийига айланди  0 13:25Куртуа "Ал Ҳилол" билан дуранг бўйича тушунтириш берди  2 12:58"Хоразм" – "Навбаҳор" ўйини қаерда ўтади?  2 12:36Роналдунинг собиқ термадоши "Ал Насср" бош мураббийи бўлиши мумкин  1 12:09Самарқанд футболида қайта уйғониш даври: Абрамов қурган “Динамо” ҳақида  8 11:53Абдуқодир Ҳусанов – Осиёнинг энг қиммат футболчиларидан бири!  15 11:25АПЛ. Янги мавсум илк турининг марказий учрашуви Манчестерда бўлиб ўтади  6 11:21Бугун Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Боливия билан ўйнайди  7 10:39“Реал“ етакчиси билан шартномани узайтириш бўйича келишувга эришди  0 10:08“Ал Ҳилол“ “Милан“ футболчиси билан келишувга эришди  3 09:37Алонсо “Реал“даги дебютидан сўнг нималар деди?  22 09:05ЦСКАда мураббийлар алмашинуви. Энди Файзуллаевнинг ЦСКАдаги фаолияти қандай кечади?  8 08:35Пеп Гвардиола: “Бундай шароит ҳеч кимга тўғри келмайди“  2 08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  20

Sergey Lushchan: "Mag'lubiyatga teng durang qayd etdik" Yangiliklar

Sergey Lushchan: "Mag'lubiyatga teng durang qayd etdik"

Pro liganing navbatdagi turida G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi o'z maydoni Samarqandning "Dinamo" jamoasini qabul qildi.



Keskin kurashlar ostida kechgan uchrashuvda tomonlar 2:2 hisobida durang natijaga imzo chekishdi. Uchrashuvdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yinni yaxshi boshladik. Umuman olganda qiziqarli o'yin bo'ldi. Qanday jamoaga qarshi maydonga chiqishimizni bilardik. Ikki jamoa ham ochiq o'yin namoyish etdi. Birinchi golni urdik, so'ng ikkinchisini. Biroq, g'alabani saqlab qola olmadik. Bu durang biz uchun mag'lubiyatga teng. Maqsadimiz Superligaga yo'llanma olish. Buning uchun yutishimiz kerak. Alamli durang, g'alabani ushlab qola olmadik. Ohirgi daqiqada o'z darvozamizni ishg'ol qilib qo'ydik. Hammasini o'zimiz olib keldik. Ishlashda davom etamiz, oldindagi o'yinlarda g'alaba qozonishimiz shart.

Goldan keyin o'yinni bo'shashi bu ruhiyat bog'liq. Hamma jamoada shunaqa, gap ruhiyatda. Jamoadagi ko'p futbolchilar 3 hafta oldin ro'yxatdan o'tkazilgan, ularni o'zaro tushunib olishi uchun ham vaqt kerak. 3-4 futbolchilar hali bir-birini bilishmaydi.

"SHo'rtan" jamoasiga qoyil, ohirigacha kurashdi. Jarima maydonchamiz ichida havfli vaziyatlar sodir etdi. Maqsadimiz kuchli to'rtlikka kirish va o'yindan-o'yinga kuchayib borish. Oldinga intilishda davom etamiz",- deydi Sergey Lushchan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика