So’nggi yangiliklar

00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  0 00:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  30 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8

Sergey Lushchan "Dinamo" bilan nimaga erishadi? (so'rovnoma yakunlari) Yangiliklar

Sergey Lushchan "Dinamo" bilan nimaga erishadi? (so'rovnoma yakunlari)

Kecha Samarqandning "Dinamo" klubiga Sergey Lushchan bosh murabbiy etib tayinlangani haqida xabar chiqdi.

PRO liganing dastlabki ikki turida ikkita mag'lubiyatni qabul qilib olgan "Dinamo" rahbariyati bosh murabbiy Ravshan Ahmedov bilan xayrlashishga qaror qildi va uning o'rniga "Bunyodkor" va "So'g'diyona" klublarida ishlagan Sergey Lushchanni olib keldi. Sergey Ivanovich ikkala klubda ham asosiy urg'uni yosh futbolchilarga qaratgani ko'pchilikka yaxshi ayon. Quyi ligada ilk bor ishlaydigan murabbiy oldiga jamoani Superligaga qaytarish vazifasi qo'yildi. Bu oson bo'lmasligi turgan gap. Sababi Lushchan transfer oynasi ochilguniga qadar mana shu bor futbolchilar xizmatidan foydalanishga majbur bo'ladi. Transfer oynasi ochilganida ham o'ziga kerakli futbolchilarni olib kelish anchayin qiyin bo'lishi aniq. CHunki ko'pchilikning yil oxirigacha shartnomasi bor va Superligadan quyi ligaga tushishni hamma ham xohlayvermaydi.

Kecha saytimizning telegram kanalida Sergey Lushchan boshchiligidagi "Dinamo" qanday natijaga erishadi degan mazmunda so'rovnoma joylashtirgan edik. Ushbu so'rovnomada 4600dan ortiq ishtirokchi qatnashdi va natijalar quyidagicha bo'ldi:

38 foiz - SHu yil Superligaga qaytadi
38 foiz - Lushchan ham mavsum davomida istefoga chiqariladi
19 foiz - PRO Ligada 3-4 o'rinlarni egallaydi
5 foiz - PRO Ligada quyi o'rinlarni egallaydi



Ko'rib turganingizdek so'rovnomada ovoz berganlarning 38 foizi "Dinamo" shu yil Lushchan qo'l ostida Superligaga qaytadi deb hisoblagan. Buning uchun "Dinamo" PRO ligada birinchi o'rinni egallashi yoki ikkinchi o'rinnni egallagan taqdirda Superligada 13-o'rinni band etgan klubni pley-off bahsida mag'lub etishi kerak bo'ladi.

Qizig'i yana 38 foiz ovoz beruvchi Sergey Lushchan mavsum davomida xuddi Ravshan Ahmedov singari istefoga chiqariladi deb hisoblagan. O'zbekistonda bosh murabbiylar bilan shartnomani bekor qilish juda ham keng tarqalgan desak yanglishmaymiz. SHunday ekan agar "Dinamo" qoniqarsiz natijalar qayd etaversa rahbariyat bosh murabbiy bilan xayrlashishi ham mumkin.

19 foiz ovoz beruvchi "Dinamo" bu mavsum PRO ligada 3-4-o'rinlarni egallashiga ishonmoqda. Yani jamoa yaxshi natijalar ko'rsatadi, ammo Superligaga chiqa olmaydi.

Qolgan 5 foiz ovoz esa o'tgan yil Superligada o'ynagan "Dinamo" bu yilgi mavsum PRO ligada quyi o'rinlarni egallaydi deb taxmin qilmoqda.

Aslida qanday bo'lishini esa vaqt ko'rsatib beradi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика