Sergey Lushan: "So'g'diyona" bilan endi tanishayapman"
11 apr 2018 21:45
Yangiliklar
Sergey Lushan: "So'g'diyona" bilan endi tanishayapman"
"So'g'diyona" - "Navbahor" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan o'z fikrlarini bildirdi.
"0:2 hisobida ortda edik, 3:2 hisobida yutdik. Jamoa bilan tanishayapman. Jamoada xarakter borligini ko'rdik. Keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz. O'zimiz loyiq bo'lgan o'ringa chiqishga urinamiz.
Tanaffusda deyarli hech nima demadim. SHunchaki 0:2 hisobi hali mag'lubiyat emasligini aytdim. Ikkita oddiy gol o'tkazib yubordik. Superligada bunday xatolar qilmaslik kerak. Birinchi urgan golimiz shogirdlarimni ruhlantirib yubordi. O'yin sifatini yaxshilashga urinamiz", - deydi Sergey Lushan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar