Sergey Lushan: "Lokomotiv" "Real" yoki "Barselona" emas"
10 okt 2016 11:19
Yangiliklar
Sergey Lushan: "Lokomotiv" "Real" yoki "Barselona" emas"
"Bunyodkor" ustozi Sergey Lushan O'zbekiston kubogi yarim finali doirasidagi "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"Barcha yaxshi biladi, "Bunyodkor" kubok bahslarida ham o'z oldiga doim yuqori maqsadlar qo'yadi. Bu yilgi maqsadimiz ham shunday. Finalga chiqishimiz uchun "Lokomotiv"ni dog'da qoldirishimiz kerak.
To'g'ri raqibimiz jiddiy. Lekin har qanday raqibga qarshi o'ynasa bo'ladi. Buni boshqa klublar ham amalda isbotlashmoqda. SHuning uchun "Lokomotiv"dan cho'chiyotganimiz yo'q. CHunki "Lokomotiv" "Real" yoki "Barselona" emas. Finalga chiqish imkoniyatimiz bor. Muhimi, yarim finaldan muvaffaqiyatli o'tishimiz kerak", - deydi Lushan "Futbol Ekspress" gazetasiga.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar