So’nggi yangiliklar

11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  0 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  1 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  0 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  1 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  1 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  1 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  3 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  3 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0

Sergey Lushan: “Al Ayn” safida o'zga sayyoralik o'ynaydi” Yangiliklar

Sergey Lushan: “Al Ayn” safida o'zga sayyoralik o'ynaydi”

"Bunyodkor" hamda "Al-Ayn" o'rtasidagi Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichi 2-tur uchrashuvidan oldin mezbon jamoa murabbiy Sergey Lushan hamda futbolchi Doston Hamdamov ishtirokida o'yinoldi matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.

“Ertaga juda jiddiy jamoa raqiblik qiladi. 3 yil ichida bunchalik kuchli jamoaga qarshi o'ynamaganmiz. Fikrimcha “Al Ayn” musobaqa favoritlaridan biri”, - deydi Sergey Lushan. 

“Juda qiyin o'yin bo'ladi. Guruhimiz favoritiga qarshi o'ynaymiz. O'zbekistonga va “Bunyodkor”ga g'alaba keltirishga urinamiz”, - deydi Dostonbek Hamdamov. 

- Raqibning o'yinlarini ko'rib chiqdingizmi?

- Albatta klub matbuot xizmati say harakati tufayli bunga erishdik. Bu jamoani anchadan buyon kuzatib kelaman. Umar Abdulrahmonni “o'zga sayyoralik” desak ham bo'ladi. 

- Jamoa muxlislarini bir narsa tashvishga solmoqda. “Bunyodkor” mavsumni yaxshi boshlaydi, keyin pasayish kuzatiladi. Bu yil shunday bo'lmasligiga vada bera olasizmi? 

- Maqsadimiz yoshlarni tabriyalash. SHu bois OCHL finaliga chiqishni vada bera olmayman. Men ham yiliga 8 million maosh oladigan futbolchilarni ro'yxatini tuzib shularni olib kelinglar O'zbekiston chempioni qilaman va OCHL finaliga olib chiqaman deyishim mumkin edi. Ammo klub siyosati shunday: yoshlarni tarbiyalash va terma jamoaga foyda keltirish. 

- Jamoada ko'plab yoshlar bor. Ammo negadir ularni maydonda boshqaradigan tajribali futbolchi qolmagandek tuyulmoqda. 

- Albatta tajribali va mahoratli futbolchini safiga qo'shib olishimiz mumkin edi. Ammo bunga katta pul kerak. Nurillo To'xtasinov 1997 yilda tug'ilgan. U hali 20 yoshga ham to'lmagan. Undan kelajakda ajoyib futbolchi etishib chiqishi mumkin. Biz xorijdan qimmat futbolchilarni olib kelishni istamaymiz va bunga urinmaymiz ham. 

- Bu savolni raqib ustoziga ham berdim: Ertaga kim favorit? O'tgan yilgi finalchi “Al Ayn”mi yoki o'z maydonida o'ynaydigan “Bunyodkor”mi?

- Siz nima deb o'ylaysiz? Ha men realistman. Ertaga bizga qarshi juda kuchli jamoa o'ynaydi. Agar yigitlarim barcha ko'rsatmalarni bajarishsa g'alaba qozonamiz. G'alaba qozonsak bundan albatta xursand bo'lamiz. 


- Gadoev “Buxoro”ga ketdi, Hamdamov va SHomurodov boshqa klubga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqdi. Agar bular ketishsa guruhdan chiqsangiz yangi futbolchilarni olasizmi?

- Futbolda o'zgartirib bo'lmaydigan futbolchilar yo'q. SHu bois har qanday vaziyatga tayyor turamiz. Agar yoshlar xorijga yo'l olishsa ularga omad tilaymiz va ishlashda davom etamiz.

- Yoshlarni maydonga tushirayapsiz. Ammo “Al Ahli” bilan o'yinda aynan yoshlarning xatosi tufayli yutqazdinglar. Ular bilan gaplashib oldingizmi?

- Albatta doim gaplashamiz. Ammo futbol shunday narsa xato qilsangiz yutqazasan. O'z futbolchilarimga ishonishda davom etaman. 

- Jamoadagi ichki muhit qanday holatda? 

Dostonbek Hamdamov: - Muhit alo darajada. Ertaga yutishga urinamiz. Jamoada ikki futbolchi o'ynamaydi balki 11 nafar futbolchi harakat qiladi. Muxlislarni xursand qilishga urinamiz.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика