So’nggi yangiliklar

02:11Марко Станоевич: "Аламли мағлубият бўлди. Буни тезроқ унутиб, машғулотларга қайтишимиз керак"  1 01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  0 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  0 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  2 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  2 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  0 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  5 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  10 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  5 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  53

Sergey Kucherenko: "Homiylardan, futbolimiz mutasaddilaridan "Nasaf" taqdiriga befarq bo'lmasliklarini so'rab qolaman" Yangiliklar

Sergey Kucherenko: "Homiylardan, futbolimiz mutasaddilaridan "Nasaf" taqdiriga befarq bo'lmasliklarini so'rab qolaman"

"Nasaf" bosh direktori Sergey Kucherenko klubga oid voqealarga o'z munosabatini bildirdi.

"Avvalambor Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi murabbiylar shtabiga, futbolchilarimizga hozirgi qiyin vaziyatga qaramasdan o'z faoliyatlarini olib borayotganlari uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman va ularning mehnatlarini qadrlayman. Hozirgi kunda pandemiya tufayli nafaqat bizda balki butun dunyoda ham qiyin vaziyat. 

SHunday murakkab holatda ham bizga ishongan, qo'llab-quvvatlab turgan jamoamizning sodiq muxlislariga ham alohida tashakkur deb qolaman. Qanchalik qiyin bo'lmasin hozirgi kunda ham klubimiz o'z falsafasi asosida faoliyatini davom ettirmoqda. SHu kecha kunduzda milliy hamda yoshlar terma jamoasiga to'qqizga yaqin futbolchilarimiz jalb qilindi. Bundan tashqari "Nasaf" futbol klubining o'ttizga yaqin tarbiyalanuvchilari turli yosh toifasidagi terma jamoalarga nomzod hisoblanadi. Bu futbolchilar nafaqat «Nasaf» jamoasini balki O'zbekistonning shanini xalqaro maydonlarda himoya qilishadi. Agar klubimizga bo'lgan etibor susaymasa jamoamiz terma jamoalarga futbolchilarni etkazib berishni ko'paytirsa ko'paytiradiki, aslo to'xtatmaydi. 

Homiylardan, sport, xususan futbolimiz mutasaddilaridan Respublikada har tomonlama o'z o'rniga ega bo'lgan jamoamiz taqdiriga befarq bo'lmasliklarini so'rab qolaman. "Nasaf"dek o'z tarixi va o'z falsafasiga ega bo'lgan klubning inqirozi o'zbek futboli uchun juda qimmatga tushishi mumkin” — deydi Sergey Kucherenko.




Reklama



Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика