So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2

Sergey Kovshov: “ECHLda "Liverpul" har qanday hisobni yo'qqa chiqarish mumkinligini isbotladi” Yangiliklar

Sergey Kovshov: “ECHLda "Liverpul" har qanday hisobni yo'qqa chiqarish mumkinligini isbotladi”

Teglar :  Sergey Kovshov
A Pro-Liga 7-turidan o'rin olgan “Istiqlol”- “SHo'rtan” (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Kovshov saytimizga intervyu berdi.

Bugungi o'yinda jamoamizda jismoniy tayyorgarlik va ruhiyat joyida emasligi yaqqol ko'zga tashlandi. Birinchi bo'limda qayd etilgan natija buni isboti sifatida ko'rinib turibdi. Tanaffus vaqtida shogirdlarimga uzoq yo'l bosib kelganligimizni, har bir futbolchida g'urur bo'lishi lozimligini, muxlislar uchun ham ishtiyoq bilan o'ynash zarurligini tushuntirdim. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz jonlandi.

Harakat qilsa natijaga erishsa bo'ladi. 3:0ga yutqazyapsanmi, harakat qil, 4:3 ga yutib ketishing mumkin. Futbolda shunaqa vaziyatlar ham bo'ladiku! ECHLda Liverpul har qanday natijani yo'qqa chiqarish mumkinligini isbotladiku! Biz nima qilayapmiz? Birinchi bo'limdagi kabi yosh bolalarcha xatolikka yo'l qo'ysak, albatta yutqazamizda. Birinchi bo'limdagi kabi o'ynasak, “Istiqlol” kerak bo'lsa 10 ta urishi mumkin edi. Biz harakatni boshlaganimizda kech bo'lgandi.

Farg'onada yana mag'lub bo'ldik. Avvalroq “Neftchi”ga ham xuddi shu stadionda 4:0 hisobida mag'lub bo'lgandik. Biz bu borada ishlaymiz, xato va kamchiliklarmizni tahlil qilib, xulosa chiqaramiz.

Futbolchi maydonga tushdimi harakat qilishi kerak. Mashg'ulotlarda o'z ustida ishlashi kerak, ko'zidan o't chaqnab maydonga tushishi kerak. Kimgadir ishonib mashg'ulotlarda astoydil harakat qilmasa, futbolchi sifatida o'sishi qiyin bo'ladi. Yana takror aytaman, futbolchi maydonga tushdimi, astoydil harakat qilishi va jamoa munosib bo'lishi lozim. Futbolni aldab bo'lmaydi, harakat qilmasdan futbolchi sifatida o'sib bo'lmaydi.

Xatolarmiz ustida ishlab navbatdagi uchrashuvlarda g'alaba qozonishga, jamoamiz muxlislarini xursand qilishga harakat qilamiz


Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика