So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  24 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  79 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Sergey Arslanov: "Ushbu g'alabani vafot etgan muxlisimiz Ilyos Anvarovga bag'ishlaymiz" Yangiliklar

Sergey Arslanov: "Ushbu g'alabani vafot etgan muxlisimiz Ilyos Anvarovga bag'ishlaymiz"

"Surxon" hamda "Turon" o'rtasidagi Superliganing 16-tur uchrashuvidan (1:0) so'ng, mezbon jamoa ustozi Sergey Arslanov matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalstlar savollariga javob berdi.

Sergey Arslanov: "Biz uchun har bir ochko havodek muhim. Bugungi bahsda futbol estetikasi haqida gapirish qiyin. Yigitlarga rahmat aytaman. Ushbu g'alabani vafot etgan muxlisimiz Ilyos Anvarovga bag'ishlaymiz".


- Doston Tursunov SHotlandiya klubida ko'rikda edi. Bugun esa u maydonga tushdi...

- Dostonning texnikasi kuchli, futbol intellekti baland. Agentlar buni payqashdi. Ayni damda o'zbek futbolchilariga bo'lgan talab ancha oshgan. Bu milliy futbolimiz, Superligamiz o'sayotganidan dalolat beradi. Ha, Tursunov borib keldi, u murabbiyga yoqdi. Kelasi yil uni Evropada ko'ramiz deb umid qilamiz.

- Tanaffusdan so'ng "Turon" "portlovchi" o'yin namoyish etib, himoyaga katta bosim o'tkazdi. "Surxon" bunga tayyormidi?

- Ha, tayyor edik, chunki "Turon" hisobda ortda qolayotgani uchun katta kuch bilan hujumga o'tishini bilardik. Raqibga ko'p zonani topshirganimiz yagona muammo bo'ldi, biroq to'p uchun havodagi kurashlarda yigitlar yaxshi harakat qilishdi.

- Darvozabonimiz Artyom Potapov "quruq" o'yinlar soni bo'yicha Superligada 2-o'rinni egallab turibdi. Bu uning mahoratimi, himoya qo'rg'onining kuchimi yoki ikkilasi birgalikda?

- Futbol jamoaviy sport turi. U soatga o'xshaydi. Soatning biror qismi bo'lmasa, u ishlamaydi. futbolda ham shunday. Ha, Potapov o'zini haqiqiy professionallardek tutyapti. Borini berib ishlayapti. Lekin shu o'rinda jamoaga ham rahmat aytish kerak. Yigitlarning bari birgalikda harakat qilishmoqda.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика