Sergey Semak va Rossiya terma jamoasida o'ynagan bir qancha ukrainalik futbolchilar (FOTO)
02 mar 2014 15:10
Yangiliklar


Sergey Semak va Rossiya terma jamoasida o'ynagan bir qancha ukrainalik futbolchilar (FOTO)
Sergey Yuran. Luganskda tug'ilgan. Sobiq Ittifoq hamda Rossiya terma jamoasi hujumchisi.
Oleg Salenko Sobiq Ittifoq, Ukraina va Rossiya terma jamoalari safida maydonga tushgan.
Aleksandr Pavlenko (o'ng tomondan) Dnepropetrovskda tavallud topgan. Rossiyada 2001 yildan beri to'p suradi, legioner xisoblanmaydi.
Yuriy Nikiforov (chapda) va Viktor Onopko (o'ngda) aslida Ukrainada tug'ilishgan. Ushbu ikki futbolchi Rossiya terma jamoasi safidagi yorqin o'yinlari sababli barchamizga yaxshi tanish.
Eduard Mor (oq futbolkada) Doneckda tug'ilgan, Rossiya olimpiya terma jamoasi safida maydonga tushgan.
Andrey Karyaka Dnepropetrovskda tug'ilgan, Rossiya terma jamoasi safida ancha vaqt harakat qilgan.
Andrey Kanchelskis (chapda) Kirovogradda tug'ilgan, Ukrainadan tashqari uchta terma jamoa safida maydonga tushgan: Sobiq Ittifoq, MDH va Rossiya.
Andrey Dikan Xarkovda tug'ilgan. Ukraina terma jamoasidan chaqiruv olgan, lekin xali rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushishga ulgurmagan. Ayni paytda “Spartak” safida rossiyalik darvozabon sifatida ro'yxatdan o'tgan.
Aleksandr Gorshkov Luganskda tug'ilgan, ham Rossiya, ham Ukraina terma jamoasi safida maydonga tushishga ulgurgan.
Evgeniy Aldonin (o'ngda) Qrimda tavallud topgan. Besh yil davomida Rossiya terma jamoasi safida harakat qilgan.
Sports.ru sayti asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi.

Fikrlar