Sergey Lushchan: “So'g'diyona”ni mahorat bobida mag'lub etdik”
29 iyu 2015 22:25
Yangiliklar


Sergey Lushchan: “So'g'diyona”ni mahorat bobida mag'lub etdik”
“Bunyodkor” – “So'g'diyona” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “qaldirg'ochlar” ustozi qatnashdi.
- Uzoq tanaffusdan keyin rasmiy o'yin o'tkazdik. SHu boisdan ham kamchiliklarimiz ko'zga tashlandi. Buni o'ziga yarasha sabablari bor. Tog'dagi mashg'ulotlarda futbolchilarga og'ir yuklamalar berildi. Keyin Toshkentga qaytib, ikki mahaldan shug'ullandik. Hozirgi issiq kunlarda bu o'z so'zini aytishi mumkin. Lekin keyinroq bu mashqlarning foydasi ko'zga tashlanadi. Birinchi bo'limdagi o'yinimizdan qoniqqanim yo'q. Ikkinchi bo'limda o'zimizga keldik va raqib darvozasini ikki bor ishg'ol qildik. Mahorat bobida raqibni mag'lubiyatga uchratdik. Transfer oynasi 15 avgustgacha ochiq ekan, selekciya ishlari davom etadi. Karpenko va Rajabovning boy tajribasi yoshlarni tarbiyalashda asqotishiga shubham yo'q, - deydi Sergey Ivanovich.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar