So’nggi yangiliklar

06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  8 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0

Sergey Lushan: “Terma jamoa o'zagini tashkil etadigan 13 futbolchi malum” Yangiliklar

Sergey Lushan: “Terma jamoa o'zagini tashkil etadigan 13 futbolchi malum”

SHu yilning kuzida Myanmada bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida qatnashadigan O'zbekiston (U-19) terma jamoasi kecha navbatdagi yig'inini yakunladi.
Yig'inning oxirgi kunida yoshlarimiz birinchi liga vakili “NBU-Osiyo”ga qarshi maydonga tushib, 7:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Bahs yakuniga etgach, terma jamoamiz ustozi Sergey Lushandan qisqacha intervyu oldik.

-   Segrgey Ivanovich, O'zbekiston (U-19) yoshlar terma jamoasi o'zining navbatdagi yig'inini yakunladi. Dastlab shu haqda to'xtalsangiz?
-   Toshkentda o'n kun davomida shug'ullandik. Bu orada uchta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik. Asosiysi yig'inga chaqirilgan 23 nafar futbolchining hammasini ko'zdan kechirib oldik. Endi keyingi yig'inda boshqa futbolchilarni ham tekshirib ko'ramiz. Hozirgi futbolchilarni esa kuzatishda davom etamiz.

-   O'z ishingizdan qoniqyapsizmi?
-   Muhimi, bekor o'tirganim yo'q va har kuni ish ketyapti. Bu galgi yig'in ikki qismdan iborat bo'ldi. Dastlab 20-25 aprel oralig'ida bir qator futbolchilarni tekshirib oldik. Keyin ulardan ettitasiga javob berib, o'rniga boshqalarni taklif etdik. Umuman olganda, Osiyo chempionatida terma jamoamiz o'zagini tashkil etadigan 13 nafar futbolchi malum deya olaman.

-   Keyingi yig'in qachon bo'ladi?
-   Aslida mayning 10-sidan yig'ilmoqchi edik. Biroq 10-15 may kunlari “Barkamol avlod” sport musobaqalari bo'lishini inobatga olib, mayning ikkinchi yarmida yig'ilishni lozim topdik. CHunki tarkibimizdagi bir nechta o'yinchi shu musobaqada ishtirok etadi.
 
-   “NBU-Osiyo” ustidan qozonilgan yirik g'alaba nimanidir anglatadimi?
-   Yo'q. CHunki “NBU” bizga qarshi tayyorgarliksiz o'ynadi, shu bois ularning o'yini qovushmadi. Biz faqat yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalandik, xolos. Bundan tashqari, raqibimizning asosiy tarkibi maydonga tushmadi. Ularda ko'proq yoshlar harakat qildi. Biz imkon qadar kuchli jamoalar bilan nazorat bellashuvlari o'tkazishimiz kerak.

-   SHu yoshdagi terma jamoalar bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishning iloji yo'qmi?
-   Bilishimcha, bu borada Terma jamoalar markazi ish olib boryapti. Har bir jamoaning o'z rejasi bo'ladi. Bir-ikkita turnir borasida gap-so'zlar bo'lgandi, lekin uyam to'xtab qoldi. Menga markazdagilar birorta terma jamoa bilan o'rtoqlik o'yini tashkil qilib berishga vada berishgan. Hozircha esa o'z imkoniyatimizdan kelib chiqib faqat klublarga qarshi to'p tepib turibmiz.
 
-   O'tgan yil BAAdagi o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashib kelgan futbolchilardan Osiyo chempionatiga olib ketasizmi?

-   Bizda 1996 yilda tug'ilgan futbolchilar ham shug'ullanyapti. Masalan, Doston Hamdamov, Akrom Komilov, Izzatilla Abdullaev, Sarvar Karimov kabi yoshlar biz bilan birga. Futbolda bir yosh uncha katta farq o'ynamaydi. SHunday ekan, futbolchi 1995 yilda tug'ilganmi yo 1996 yilmi, kim kuchli bo'lsa o'shani Osiyo chempionatiga olib ketamiz.

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика