So’nggi yangiliklar

19:01Англия Кубоги. "Манчестер Сити" - "Эксетер". Асосий таркиблар маълум!  1 19:00U-23 Осиё Кубоги. Эрон U-23 - Ўзбекистон U-23 (матнли трансляция)  5 18:55Тажрибали футболчилар "Локомотив" машғулотларида  0 18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   1 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  4 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  4 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  2 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  1 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  3 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  2 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  3 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8

Sergey Lushan: "Qora ananaga barham bermoqchimiz" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Qora ananaga barham bermoqchimiz"

"Bunyodkor" - "Al Jazira" o'yinidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida maydon egalari bosh murabbiyi Sergey Lushan qatnashdi.
Lushan bilan birga Akmal SHorahmedov matbuot anjumaniga tashrif buyurdi.

"Ertaga mavsumdagi dastlabki rasmiy o'yinni o'tkazamiz. Tarkibimiz yaxshi, uchrashuvga barcha to'liq tayyor. Barcha muxlislarni ertangi o'yinga taklif qilaman", - deydi Lushan.

"Ertangi o'yin hammamiz uchun juda ham muhim. Faqat yutuq uchun maydonga tushishimiz talab etiladi. CHiroyli o'ynab, muxlislarni xursand etishga harakat qilamiz", - Akmal SHorahmedov.

- Ertaga ko'p narsani tezlik qiladi, shiddatkor bahsga tayyormisizlar?
- Albatta, biz doim tezkor va shiddatkor tarzda o'ynaganmiz.

- Akmal, siz qaysi futbolchilarni alohida o'rganib chiqdingiz?
Akmal SHorahmedov:
- Biz himoyachi bo'lganimiz uchun ko'proq hujumchilarga etibor qaratamiz. Vuchinich, Mabhut singari kuchli futbolchilarga nisbatan jiddiyroq o'ynashimiz zarur bo'ladi.

- OCHLning bu bosqichida ishtirok etgan O'zbekiston klublarining hech biri yuta olmagan. Bunga munosabatingiz qanday?

- Jamoamga ishonaman. Bu qora ananani yo'q qilishga urinamiz. 

- "Bunyodkor"ning transferlaridan qoniqdingizmi?

- Ha, barcha transferlardan to'la qoniqish hosil qildim.

- Mashhur murabbiy Lobanovskiyning shunday gapi bor: agar o'yinni tashkil eta olsa kuchli raqibni engish mumkin. Jamoa ertangi o'yinga o'z rejasini tanlab oldimi?
- Albatta. Rejamiz bor. Rejamiz - tartibli o'yin orqali kuchli raqibni engish (Poryadok byot klass).

- "Bunyodkor" stadioni chimi ko'p bor pand bergan. Nima deb o'ylaysiz ertaga bu o'yinga tasir qilmaydimi?

- Yo'q. SHunday deb aytaman: Hozirda bu maydon sifati bo'yicha O'zbekistonda eng yaxshilaridan biri.

SHahboz Beg'amov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика