Sergey Lushan: "Qiyin o'yinda uch ochko ishladik"
18 okt 2014 17:24
Yangiliklar
Sergey Lushan: "Qiyin o'yinda uch ochko ishladik"
"Bunyodkor" - "So'g'diyona" uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "qaldirg'ochlar" ustozi Sergey Lushan ishtirok etdi.
"O'yin juda qiyin kechdi. Ko'p o'ylagan rejalarimiz amalga oshmadi. Himoya va hujumda ko'p muammolarga duch keldik. Juda mashaqqatli o'yinda uch ochkoni qo'lga kiritdik. Agarda Pavel Bugalo so'nggi ikki uchrashuvda o'ynagandek harakatlansa, unda bu Bugalo yana 10 yil futbol o'ynashi mumkin", - deydi Sergey Lushan.
SHahboz Beg'amov
Fikrlar