Sergey Lushan: "Persepolis"dek kuchli raqibga qarshi hali o'ynamaganmiz"
02 mar 2015 12:31
Yangiliklar

Sergey Lushan: "Persepolis"dek kuchli raqibga qarshi hali o'ynamaganmiz"
OCHL 2-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Persepolis" o'rtasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumanining birinchi qismida maydon egalari qatnashishdi.
Unda bosh murabbiy Sergey Lushan bilan birga Artyom Filiposyan ishtirok etdi.
"Ertaga bizni qiyin o'yin kutmoqda. Bunday jamoaga qarshi o'ynamaganmiz. Juda ham tajribali, har bir chiziqda kuchli o'yinchilarga ega. Ular oxirigacha kurashishadi. Raqib o'zi tashkil etadigan vaziyatlardan foydalanishga urinadi", - deydi Sergey Lushan.
"Ertangi o'yinga keladigan bo'lsak, raqib ancha jiddiy. Maydonda haqiqiy kurash kechadi. SHu bois biz bu bahsga 100-120% ga tayyor bo'lishimiz kerak", - deydi Artyom Filiposyan.
- Artyom, malum muddatdan so'ng yana jamoaga qaytdingiz. Avvalgi "Bunyodkor" bilan hozirgi jamoani farqi nimada?
- Avvalgi jamoa bilan hozirgi "Bunyodkor"ni taqqoslaydigan bo'lsam, tarkibda yoshlar ko'paygan. O'yin uslubimiz tezkor qarshi hujumga moslashgan futbol. Jamoa ancha yoshargan.
- Raqibga qarshi qanday tayyorlandingiz? Raqib haqida malumotlar bormi?
- Ha "Persepolis"ni to'liq o'rganib chiqdik. Ular oxirigacha kurashishadi. Xatto hisob 0:3 bo'lib tursa ham jonlarini berib o'ynashadi.
- Saudiya Arabistonidagi o'yinni ko'rdik. Asosiy urg'u Sardor Rashidovga qaratilmoqda. Tarkibda boshqa, sirli futbolchilar bormi?
- To'g'ri takidladingiz. Sardor Rashidovning tezkorligi evaziga qarshi hujumlarda undan unumli foydalanishga urinamiz. Undan foydalanmaslik ahmoqlik bo'lardi. Lekin tarkibda boshqa yigitlar ham o'zlarini ko'rsatishlari mumkin.
- "Al Nasr" bilan safarda durang o'ynadinglar. O'shanda jamoaingiz bitta aniq zarba berdi, raqib esa ko'plab zarba berdi va durang qayd etdi. Ertaga "Bunyodkor" o'z maydonida o'ynaydi. Ertaga ko'proq zarba ko'ramizmi?
- To'g'ri, bu bizning nozik nuqtamiz. Lekin ayni paytda Saudiya Arabistonida durang o'ynash biz uchun yaxshi natija bo'ldi. Bilasizmi, agar futbolchilarga zarba berish imkonini berishsa zarba berishadi, bo'lmasa yo'q. Ertaga ko'proq zarba berishga va gollar urishga harakat qilamiz.
SHahboz Beg'amov

Fikrlar