Sergey Lushan: "O'yin teng bo'ldi, bizga omad kulib boqmadi"
31 may 2015 21:05
Yangiliklar


Sergey Lushan: "O'yin teng bo'ldi, bizga omad kulib boqmadi"
O'yin teng bo'ldi. Paxtakorga omad kulib boqdi.
Zuagi jarohat oldi. SHu sababli Bekrich maydonga tushdi. O'sha vaziyatda bu saviyadagi futbolchi gol kiritishi lozim edi.
Hayrulla Karimovning o'zi almashtirishimni so'radi. Barcha o'zgartirishlar majburiy tarzda amalga oshirildi.
Ular to'rtta xato qilishdi, biz gol kirita olmadik. Biz bitta xato qildik, ular gol kiritishdi.
Vaziyatlarni golga aylantirish? Bu futbol. Bugun bizga omad kulib boqmadi. Biz o'z imkoniyatimizdan foydalana olmadik. Ular esa foydalanishdi. "Paxtakor"ni tabriqlayman.
Yigitlar albatta g'alaba qozonish uchun maydonga chiqqandilar.
Jamoadagi vaziyat? Biz so'nggi uchta o'yinda g'olib bo'ldik. Yigitlar o'z o'yinlarini topib olishdi demam ham bo'ladi. Har holda bugun chempionga qarshi harakat qildik. Yana aytaman, o'yin teng bo'ldi.
Aziz To'xtamurodov

Fikrlar